Erkinov hasanning
Nega onlayn-taʼlim anʼanaviy taʼlimdan yaxshiroq?
Download 0.62 Mb.
|
Nega onlayn ta'lim afzalroq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darslarni online rejimga koʻchirish qanday amalga oshiriladi
- 1. Tejamkorlik
- 2. Qulaylik
- 3. Tezkorlik
- 4. Oʻzlashtirish
- 5. Sifat
- 6. Qoʻshimcha mashgʻulotlar
- 7. Zamonaviylik
Nega onlayn-taʼlim anʼanaviy taʼlimdan yaxshiroq?
Aksariyat insonlar onlayn-taʼlim hech qachon anʼanaviy taʻlimning oʻrnini bosa olmaydi, deb oʻylaydi. Ammo, men ularning fikriga qoʻshilmayman: onlayn–taʼlim anʼanaviy taʼlimdan-da samarali boʻla oladi. Onlayn–taʼlim hozirda u qadar rivojlanmaganligi sababli, unga bepisand qarash, mashinalar ishlab chiqarilayotgan vaqtda otlardan foydalanishni afzal koʻrishga teng. Onlayn-taʼlimning asosiy afzalligi: Taʼlim tizimi raqamli koʻrinishda boʻlsa, oʻrganuvchilarning koʻrsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish osonlashadi. Xoʻsh, tajribali oʻqituvchining dars xonasida vazifasi nima? Tajribali oʻqituvchi dars xonasida quyidagi ishlarga ulgurishi kerak: Qiyin mavzularni tushuntirishda samarali materiallardan foydalanish; Har bir oʻrganuvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini qisqa muddatda oʻrganib chiqish; Olingan maʼlumotlardan kelib chiqib tezlik bilan yangi metodlarni qoʻllash. Tajribali oʻqituvchi oʻquvchining koʻzlariga qarab u mavzuni tushungan yoki yoʻqligini ilgʻay olishi kerak. Bunda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida jonli muloqot sodir boʻladi. Shu sababli, yaqin kelajakda onlayn darslar anʼanaviy sinf xonalaridagi darslar darajasiga yeta olmaydi deb oʻylashingiz mumkin. Ammo, qaror qabul qilishga shoshilmang. Scientific America bergan maʼlumotlarga koʻra, bundan ikki yil oldingi eng tez ishlaydigan kompyuter odam miyasiga nisbatan 10 marta koʻp maʼlumot saqlay olgan va maʼlumotlarni 4 marta tezroq qayta ishlagan. Hozirgi kunda onlayn-taʼlimda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilimlardan toʻliq foydalanishmayapti, hatto. Tasavvur qilib koʻring, oʻqituvchida oʻquvchining qaysi mavzuda qiynalayotganini, mashqlarni bajarishi uchun qancha vaqt ketganligini va hatto, dars jarayonida oʻquvchining fiziologik holati (koʻz qorachigʻi harakati, yurak urish tezligi) ni bilish imkoni bor. Anʼanaviy taʼlimdagi eng katta muammo — bu barcha uchun bir xil bilim berish uslubi ishlatilinishidir. Istalgan sinfda tengdoshlaridan ortda qolgan yoki oldinga oʻzib ketgan oʻquvchilarni uchratishimiz mumkin. Hatto, eng yaxshi oʻqituvchi ham qachonlardir oʻziga quyidagi savolni bergan: “Men, koʻproq oʻrganuvchilar mavzuni tushunishi uchun sekinlashishim kerakmi yoki oʻquv-rejani tugatish uchun mavzularni tezroq oʻtishim kerakmi?” Shuning uchun ham ular tezlik va ta’lim berishda bir marom (temp) ni saqlashga harakat qilishadi. Onlayn-taʼlim esa bu muammoni hal qila oladi. Negaki, u individual taʼlim berishga asoslangan va taʼlim olish jarayoni oʻquvchi hamda uning moslashuvchanligiga qarab oʻzgaradi. Tasavvur qilib koʻring, hech bir dars bir xil oʻtilmaydi. Dasturlash darslarida oʻquvchilar bu fanda egallagan koʻnikmalariga qarab, kelgan joyidan davom ettiradi, yangi qoʻshilgan oʻquvchilar esa fanni boshidan boshlaydi. Bundan tashqari, oʻquvchining bilim olish qobiliyatiga qarab, turli usulda maʼlumotlarni yetkazish yoki oʻquvchining qaysi mavzularda qiynalayotganini bilib, u uchun alohida dars jadvali tuzish mumkin. Aslida, bularni tasavvur qilishingiz shart emas. Chunki, Salmon Xon oʻzi asos solgan Khan Academy yordamida bularni amalga oshirmoqda. Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta’lim olish - bu ko’plab abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko’pincha o’quvchilar masofaviy ta’lim olishni tanlashdan qo’rqishadi, chunki ular ushbu ta’lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik kiritmaydilar. Agar siz bu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning afzalliklari va kamchiliklarini tushunganingiz ma’qul. Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari: · Siz o’qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug’ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o’qishni tanlagan abituryentlarning asosiy qismi bu o’z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xohlaydiganlardir. Onlayn ta’limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o’qishingiz mumkin; · Mablag’ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta’lim darajasi (Internetda yoki boshqa usulda), o’quv markazlaridagi oddiy to’lovdan ko’ra ancha arzonroq bo’lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o’quvchilar uchun onlayn ta’lim-eng to’g’ri yo’l; · Vaqtingizni tejang! O’quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta’limda siz istagan yeringizda ma’lumot olasiz; Agar siz o’zingizni intiluvchan hisoblasangiz, masofaviy ta'limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo’lib o’tiladi. Guruhda ba’zi o’quvchilar tezroq ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq; · Chalg'ish ehtimoli yuqori. Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o'qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi sinfdoshlar yo'q. Agar masofaviy o'qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo’lsangiz, o'zingizni g’ayratli va diqqatli qilishingiz kerak; · Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda abituriyent ta’lim olishga bo’lgan intilishi so’nishi yoki asabiylashishiga olib keladi. Siz qay bir yo’sinda ta’lim olishni tanlamang bularning bari siz mukammal bilim olishingingizga ko’maklashadi. Turli fanlarni chuqurlashtirib oʻrgatishni maqsad qilib olgan oʻquv markazlari, xususiy taʼlim dargohlarini har qadamda uchratishga odatlanganmiz. Ularning koʻpligi, yoshlarga ilm ulashayotganligi juda yaxshi. Ammo menga hozirgi vaqtda oʻquv kursi yoki oʻquv markazi ochib faoliyat koʻrsatish XX asr usulida ishlashga oʻxshab tuyuladi. Biz yangi asrda yashayapmiz! Darslarni online rejimga koʻchirish, zamonaviy texnologiyalarni ilm olishimizni yanada osonlashtirish uchun ishlatish vaqti keldi.
1. TejamkorlikDarslar online tarzda oʻtkazilsa juda koʻp narsa tejaladi. Oʻquv markazlari internet orqali faoliyat olib borishni boshlashsa qanday oʻzgarishlar boʻlishini tasavvur qilib koʻring. Ular qaysidir binoni ijaraga olib ishlatmaydi. Oʻz-oʻzidan moddiy mulklardan foydalanish boʻyicha xarajatlar tejab qolinadi. Oʻqituvchi va talabalar darsga kelish uchun yoʻl yurib vaqt sarflashmaydi. Darsga qatnashchilarning kechikib kelish holatlari bartaraf etiladi. Vaqt va asablar tejaladi. Eng muhimi – online oʻtkaziladigan darslarda qatnashish tan narxning pastligi natijasida ancha arzonga tushadi. Odatiy oʻquv kurslariga qaraganda online oʻquv kurslarida oʻqib chiqish talabalar uchun tejamkorona qaror boʻlib qoladi. 2. QulaylikIlm olish uchun qayergadir borish, buning uchun alohida sharoit yaratish zarurati qisqaradi. Darslarga uyingizdan turib qatnashishingiz mumkin boʻladi. Oʻzlashtirmoqchi boʻlgan ilmingizni uyingiz qulayligida, oʻzingiz istagan holatda qabul qilishga nima yetsin? 3. TezkorlikInternet orqali oʻtiladigan darslarda juda koʻp amaliyotlarni avtomatlashtirish mumkin. Odatiy darslarda kishining diqqatini, vaqtini sezilmas tarzda oʻgʻirlab qoʻyadigan uyga vazifa berish, vazifalarni tekshirish, koʻp soʻraladigan savollarga qayta-qayta javob berish, zarurat yuzasidan darslarning boʻlinishiga sabab boʻladigan holatlarga eʼtibor qaratish kabi amaliyotlar avtomatlashtiriladi. 4. OʻzlashtirishOnline darslar yozib olinadi. Qatnashchilar istalgan vaqtda darslarni qayta koʻrib olishlari, muhokamalarni qayta kuzatishlari mumkin boʻladi. Hech qanday konspekt yozish, darsda oʻrgatilgan maʼlumotlarni unutib qoʻyish holatlari boʻlmaydi. Talabalar takrorlashni ham oʻqituvchini bezovta qilmagan holda, oʻzlariga qulay vaqtda amalga oshira olishadi. Bu imkoniyatlar, albatta, oʻzlashtirishning yuqori darajada boʻlishini taʼminlaydi. 5. SifatOdatiy darslarga, odatiy oʻquv markazlarining faoliyatiga istagan kishi har doim ham guvoh boʻlib baho berish imkoniyatiga ega emas. Maʼlum bir oʻquv markazida darslar qanday olib boriladi? Oʻqituvchi qanday dars oʻtadi? Darslari qiziqarli boʻladimi, yoki zerikarlimi? Oʻqituvchi fanni qanchalik mahorat bilan tushuntirib bera oladi? Online rejimda oʻtkaziladigan darslarda sinov (trial) imkoniyati odatiy sinov darslariga qaraganda koʻproq natija bera oladi. Xohlagan kishi oʻziga qulay joyda turib sinov darslarida qatnashishi / darslarni qayta koʻrib baholashi mumkin. Oʻz-oʻzidan omma uchun ochiq boʻlgan darslar oʻqituvchiga yanada koʻproq masʼuliyat yuklaydi. Darslarning imkon qadar sifatli oʻtishiga turtki boʻladigan tabiiy muhit yaratiladi. 6. Qoʻshimcha mashgʻulotlarIlm oʻrganishda takrorlashdan keyin qoʻshimcha mashgʻulotlarning ahamiyati juda katta. Qaysidir fanni oʻzlashtirishda turli usullardagi qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashish oʻrganuvchi uchun ijobiy natijalar beradi. Qoʻshimcha mashgʻulotlarni avtomatlashtirsak talabalar uchun qulaylik yaratgan boʻlamiz. Har kim oʻzi xohlagan vaqtda qoʻshimcha mashgʻulot bilan shugʻullansa, uning qoʻshimcha ilm olishi kimgadir yoki nimagadir bogʻliq boʻlmasa mashgʻulotlar soni va davomiyligi ham ortadi. 7. ZamonaviylikQadim zamonlarda liftlarni boshqarish uchun maxsus ishchi tayinlangan. Liftga kirib qaysi qavatga chiqmoqchi ekanligingizni aytsangiz, u kishi sizni kerakli qavatga olib chiqib qoʻygan. Hozir zamon taraqqiyoti bilan bu kasb yoʻqolib ketdi. Xohlaymizmi, yoʻqmi texnologiyalar rivojlanyapti. Maktab va universitetlardagi darslar joyida qolishi mumkin, ammo oʻquv kurslari va oʻquv markazlari baribir online rejimga oʻtib ketadi. Siz kurslaringizni yoki oʻquv markazlaringizni hozir internetga koʻchirishingiz mumkin, yoki raqobatdoshlaringiz boshlab berishlarini kutishingiz mumkin. Oʻrganuvchi sifatida hozir mavjud online kurslardan dars olishingiz mumkin, yoki boshqalarning internet orqali ilm olayotgani haqida xabarlarni kuzatib borishingiz mumkin. Har qanday holatda ham texnologiyalar taʼlimga kirib keladi. Agar Siz oʻquv markaziga ega boʻlsangiz, bugundan eʼtiboran online rejimga oʻtish uchun harakat qilishingizni tavsiya etaman. Toʻliq boʻlmasa ham qisman mashgʻulotlarni koʻchirsangiz, kelajakda online rejimga oʻtish uchun harakatni boshlasangiz boshqa oʻquv markazlaridan bir qadam oldinda boʻlishingiz mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling