Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti


Download 423.5 Kb.
bet4/15
Sana03.04.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1322547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dilnoza

2. 2.NORMATIV HAVOLALAR.


O’zDst 1.0:1998. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;
O‘zRST 1.8-94. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Rahbarlik hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;
O’zDst 1.9:1995. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi.
2.3 TA’RIFLAR.
Mazkur standartda quydagi atamalar qo‘llaniladi:
Oliy ta’lim-uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxasislar tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat- o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim;
Magistratura – bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan aniq mutaxasislik bo‘yicha oliy ta’lim;
Bakalavr, magistr-oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqqiyatli o‘zlashtirilgan shaxslarga beriladigan akademik darajadir;
Oliy ma’lumot darajasi – shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan ta’lim dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda o‘zlashtirishi natijasi;
Oliy ma’lumot haqida davlat xujjati (diplom) akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat, uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi;
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari klassifikatori- aniq ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxasisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati;
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti – muayyan ta’limning bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxasisligiga qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilangan etalon darajasi;
Malaka talablari – uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
O‘qitishning meyoriy muddati – ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturini o‘zlashtirilishi uchun berilgan muddat;
Ta’lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxasisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati;
O‘quv fanlari bloki – ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim bloki yoki faoliyatining o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
O‘quv rejasi – oliy ta’limning muayyan yo‘nalishi yoki mutaxasisligi bo‘yicha o‘quv faoliyatini turlari, o‘quv fanlari va kurslarining ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi normativ hujjat;
O‘quv fani – ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnik, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi;
O‘quv yili – oliy ta’lim muassasasi kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yili bilan belgilanadi, masalan, 2017/2018 o‘quv yili;
O‘quv semestri- oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilning yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi;
O‘quv fani dasturi – ta’lim mazmuni uning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usulari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ xujjat;
Malaka amaliyoti – o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va uquv hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum (yakuniy), qismidagi mavzu bo‘yicha matereallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi – bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash;
O‘qish sifatini nazorat qilish – talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
Ta’lim sifatini nazorat qilish – o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tekshirish;
Oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi - oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining OT DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir;
Oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi – oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezoni va talablariga javob berishning davlat tomonidan e’tirof etilishi.
2.4.OLIY TA’LIMNI STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA NORMATIV HUJJATLAR TOIFALARI VA TURLARI.
2. 4.1. Standartlar toifalari.
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari;

  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;

  • Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari klassifikatori;

  • Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari;

  • Bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlari;

  • Magistratura mutaxasisliklari davlat ta’lim standartlari;

2.5. OLIY TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASISLIKLARI TA’LIM DASTURLARI MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling