Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti


OLIY TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI MEYORIY HUJJATLAR


Download 423.5 Kb.
bet3/15
Sana03.04.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1322547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dilnoza

2. OLIY TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI MEYORIY HUJJATLAR


Mazkur standart «Ta’lim to‘g‘risidagi», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida, 1997 yil 6 oktabrdagi PF-1869-son va «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida» 1998 yil 10 noyabrdagi PF –2107-son farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son, «Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiya boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida», 1998 yil 11 martdagi 109-son qarorlari va oliy ta’lim soxasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan

2.1. QO‘LLANISH SOHALARI.


«Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar» (bundan keyin OT DTS deb ataladi):
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
o‘quv yuklamasining xajmini;
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.
OT DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi normativ hujjatlar (bakalavriat yo‘nalishlari magistratura mutaxasisliklari uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.
OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
OT DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling