Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 92 mustaqil ta’limning tashkil etilishi va uning istiqbollari aliyev Qaxramon Yusupovich
Download 36.1 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ta-limning-tashkil-etilishi-va-uning-istiqbollari
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 92 MUSTAQIL TA’LIMNING TASHKIL ETILISHI VA UNING ISTIQBOLLARI Aliyev Qaxramon Yusupovich Mahammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali magistri P.M.Jalolova TATU Qarshi filiali p.f.PhD, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.7264458 Ta’lim tizimida AKT imkoniyatlaridan keng foydalanish bugungi kunning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biridir. O‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish kabi talablar qo‘yiladi. Qo‘yilgan talablar bo‘yicha axborot texnologiyalarining multimediya vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog-o‘qituvchilarning ish faoliyatini osonlashtirib, o‘quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko‘tarishga erishiladi. Ma’ruzani kompyuter yordamida taqdimot shaklida namoyish etish, seminar darsida talabalarning javob berishi, kuzatuvchi taqdimotlar, talabalar nashri darsda maxsus dasturiy vositadan foydalanish talabalarning o‘qish jarayoniga qiziqishini orttiradi va ta’lim sifatini oshirishga olib keladi. Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biridir. Interfaol usullardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish ham o‘ziga nisbatan talabchanlikni oshiruvchi, faolligini ta’minlovchi, bevosita o‘zini vaziyatni faol ishtirokchisi sifatida erkin idrok qilishiga va voqeaga real ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi. Bunda esa ta’limni multimedia ko‘rinishida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Yangi O‘zbekiston — maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz. Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz,-deb ta’kidlab o‘tdilar. Download 36.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling