J avlon Yusupovich Umarbekov hayoti va ijodi Javlon Yusupovich Umarbekov
Download 39.07 Kb.
|
Javlon Umarbekov
J avlon Yusupovich Umarbekov hayoti va ijodi Javlon Yusupovich Umarbekov (1946.17.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1989), Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (1972) ni tugatgan. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bosh rassom (1972 — 73), Toshkent sanʼat institutida pedagog (1974—76), 1976 yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, raisi (1984—87). U. ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik sanʼat anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi uslub va izlanishlar hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar U.ning asarlarida oʻziga xos yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: "Bolalik" (1968), "Qoʻshiq" (1969), "Mening doʻstim" (1971), "Tafakkurli inson" diptixi (1979—80), "Men insonman" (1981—83), "Hovuz boʻyida" (1988), "Kelinchak" (1995), "Sohibqiron Amir Temur" (1995), "Yetti iqlim sultoni" (1995), "Uchrashuv" (1996), "Zaqiriddin Muhammad Bobur" (1996). U., shuningdek, natyurmortlar ("Oy natyurmorti", "Kushon natyurmorti" va boshqa,), manzaralar ("Boʻzsuv", "Karvon", "Ipak yoʻli xarobalari" va boshqalar) hamda turkumli asarlar ("Jazoir boʻylab", 1978; "Surxondaryo", "Toshkentning 30 koʻrinishi", 1983 va boshqalar) muallifi. U. Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya (1993), AQSH (19972004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan; asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqpanadi. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan mukofotlangan Download 39.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling