Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Ер пўсти (литосфера) геокимёси


Download 49.25 Kb.
bet4/11
Sana02.06.2024
Hajmi49.25 Kb.
#1840130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Литосфера геокимёси

Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit bir biri bilan o’zaro chambarchas bog’langan. Yerda hayot rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining o’rnini egallab turganligiga qaramay, albatda geokimyoviy funktsiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati o’zgarmay saqlanib qolgan. Shu bilan birgalikda geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda yer yuzida yig’ilib borgan.

Yer yuzidagi hamma tirik organizmlarning yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb ataydi. Hozirgi davrda bunday tushunchaga nisbatan biota deb nomlanadi.

Yerning ichki tuzilishi haqida ma’lumotlar

Yerning ichki qismi yer po’sti, mantiya va yadrodan iborat. Yer ichki tuzilishini o‘rganishda ikkita asosiy geologik va geofizik usullardan foydalaniladi. Geologik usullar yordamida quruqlikda ochilib qolgan va burg’u quduqlaridan olingan namunalar orqali yuqori mantiya va yer po‘stidagi tog‘ jinslari o’rganiladi (Kanada va G‘arbiy Avstraliya qalqonlari, Italiya Alplari va boshqalar). Okeanlarda esa dragalar (suv ostiga tusha oladigan apparatlar) yordamida namunalar olish hamda bevosita kuzatish imkoniyatlari mavjud. Shu va shunga o’xshash ma’umotlar asosida yer ichki qismining asosan yuqori qismi geologik usullar yordamida o’rganiladi.

Yerning ichki tuzilishini to’liqroq o‘rganishda geofizik va ayniqsa seysmik usullar katta rol o‘ynaydi. Yer po‘sti tuzilishini batafsil o‘rganishda G.A. Gambursev va uning xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan chuqur seysmik zondlash (GSZ) qo‘llanilgan. Bu singan va qaytgan to‘lqinlarni taqqoslash usuliga asoslanadi.

Yer poʻsti - litosferaning yuqori qismi. Yer po’stini yuqori tomondan biosfera va gidrosfera, pastki tomondan Moxorovichich yuzasi bilan mantiyadan ajralib turadi. Yer po’stining quruqlik va okeandagi qalinliklari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po’stining qalinligi tekisliklarda 35–40 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean ostida esa 5–10 km. Quruqlikda Yer po’sti uch qatlam: yuqorida choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtada "granit" (10–20 km), pastda "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)qismdan tashkil topgan. Okean osti yer po’stida "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Quruqlikda yer po’stining yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan, "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.


Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling