Atmosfera, asosan, azot, kislorod va argon gazlarining aralashmasidan iborat bo’lib, qolgan qismini karbonat angidrit, vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon va boshqa gazlar hamda birikmalar tashkil etadi Gidrosfera. Sayyoramizda suvning roli juda katta. Yer yuzidagi suvlar suv qobig’ini (gidrosferani) tashkil etadi. Gidrosferaning asosiy qismini okean, dengiz suvlari tashkil qilsa, nisbatan kamrog’ini quruqlik va yer osti (grunt) suvlari tashkil qiladi. Gidrosfera. Sayyoramizda suvning roli juda katta. Yer yuzidagi suvlar suv qobig’ini (gidrosferani) tashkil etadi. Gidrosferaning asosiy qismini okean, dengiz suvlari tashkil qilsa, nisbatan kamrog’ini quruqlik va yer osti (grunt) suvlari tashkil qiladi. Barcha tabiiy suvlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq va doimiy harakatda. Hatto eng chuqur yer osti suvlari ham umumiy aylanish siklda ishtirok etadi. Suv eng universal va eng muhim migratsiya vositasidir. Barcha tabiiy suvlarda erigan gazlar, ionlar, molekulalar va kolloid zarrachalar mavjud. Suvni “yer qobig’ining qoni“ deb atagan mashhur olim Vernadskiy (Vernadskiy V.I., 1934). V.I.Vernadskiy (1934) suvni maxsus mineral deb hisoblagan va uning 485 turini aniqlagan, shu bilan birga uning turlari soni 1500 dan oshishini ta’kidlagan. U barcha suvlarni 3 guruhga ajratgan: ) qattiq suv (muzlar); 2) gazsimon (yer usti va yer osti bug’lari); 3) suyuqlik; Biosfera to’g’risidagi ilk fikrlarni Lamark bildirgan. Biosfera terminini esa fanga avstraliyalik geolog E.Zuss (1875) kiritgan. Biosfera to’g’risidagi to’liq maʼlumotlarni rus olimi V.I.Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan. Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo’lgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani to’liq o’z ichiga oladi. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi. Yerdagi hayot murakkab va xilma xil organizmlar kompleksidan iborat. Biosfera to’g’risidagi ilk fikrlarni Lamark bildirgan. Biosfera terminini esa fanga avstraliyalik geolog E.Zuss (1875) kiritgan. Biosfera to’g’risidagi to’liq maʼlumotlarni rus olimi V.I.Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan. Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo’lgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani to’liq o’z ichiga oladi. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi. Yerdagi hayot murakkab va xilma xil organizmlar kompleksidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |