Oqova suvlarning tarkibi va xossalari


Download 14.48 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi14.48 Kb.
#1043323
Bog'liq
Oqova suvlarning tarkibi va xossalari


Aim.uz

Oqova suvlarning tarkibi va xossalari
Oqova suvlar qar xil moddalarning aralashmasidan iborat bo`lib, murakkab sistemani tashkil qiladi: Erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq daqal dispers va kolloid aralashmalar, ba`zi qollarda esa erigan gazlar (serovodorod, karbonat va boshqalar.).
Oqova suvlarning tarkibi ximiyaviy ishlab chiqarishlarning turlari va ularning texnologik jarayonlariga boqliqdir. Sanoatda suv ashyo sifatida erituvchi, reaktsion muqit, ekstrogent yoki absorbent, tashuvchi (transportiruyushiy) agent, isituvchi yoki sovutuvchi (apparatlarni yoxud ulardagi ashyolarni), turli xildagi moddalarni yuvish uchun, moddalarni qaydashda (peregonka), pul'palar qosil qilishda, vakuum qosil qilishda, jiqozlarni, idishlarni va boshqa ko`p maksadlarda ishlatiladi. Tayyor maqsulotni olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda foydalanilgan suv boshlanqich, oraliq va oxirgi maqsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o`qitlar va anorganik ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar kislotalar, ishkorlar, qar xil tuzlar (ftoridlar, sul'fatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan ifloslangan bo`ladi. Asosiy organik sintez ishlab chiqarish korxonalari - yoq kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar, al'degidlar bilan; neft' qayta ishlash zavodlarining suvlari - neft mahsulotlari, yoqlar, smolalar, fenollar, PAV lar (sirt - aktiv moddalar) bilan; sun`iy tola, polimer, qar xil sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo`jaligidan chiquvchi va suvga kelib qo`shiluvchi chiqindilarning qajmi ancha ko`paydi. Jumladan chorvachilik, parrandachilik, qishloq xo`jaligi maqsulotlari, o`qitlari va har xil pestitsidlarni qayta ishlovchи tashkilotlardan chiquvchi oqova suvlar.
Ko`pincha oqova suvlar yoqimsiz o`tkir xidga ega moddalar bo`ladi (sul'fidlar, disul'fidlar, vodorodsulfid va boshqalar), ba`zan esa kimyoviy korxonalarning turlariga qarab rangli chiqindi suvlar oqadi. Oqova suvlarda ko`pik xosil bo`lishi, ularda sirt-aktiv moddalarning bo`lishini ko`rsatadi.
Oqova suvlarning zararli darajasi uning ifloslayotgan moddalarni toksik (zaxarli) xususiyati va tarkibiga boqliq. Oqir metallarning tuzlari, tsianidlar, fenollar, (serovodorod) vodorod sul'fid, kantserogen moddalar va qator boshqa shu kabi jinslar oqova suvlarning yuqori darajada zaqarlanishiga olib keladi.
Oqova suvlarning past yoki yuqori muxitli (rN) bo`lishi, ya`ni ishqoriy eki kislotali bo`lishi quvur materiallariga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlarning apparatlariga nisbatan agressiv xisoblanadi. Bulardan tashkari chiqindi suvlarda polimerlanish xossalariga ega bo`lgan qar xil muallaq modda va birikmalarning ko`p miqdorda bo`lishi, suv quvurlari va kollektorlarining kirlanishiga, natijada tiqilishga olib keladi.
Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1. Organoleptik usul (suvning rangi, mazasi, qidi, tiniqligi, loyqaligi va shunga o`xshash parametrlar).
2. Fizik-kimyoviy (optik zichligi, ranglanishi, rN, temperaturasi, elektr o`tkazuvchanligi, ishqoriyligi, nordonligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, tarangligi, quruq qoldiqi va boshqalar).
3. Эrigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kimyoviy-kislorodga bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - BPK .
4. Daqal dispers kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.
Oqova suvlarning talqin qilish organoleptik va fizik-kimyoviy kattaliklarini aniqlashdan boshlanadi. So`ngra kir aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi. qurigan qoldiqni qizdirilganda uning miqdorini kamayishi oqova suvda organik modda borligini bildiradi. Ko`pincha oqova suvlarni qizdirilganda anorganik moddalar qam uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli yoki bixromatli oksidlanish yo`li bilan aniqlanadi. qar ikkala usulda xam kislorodning miqdori sarf bo`layotgan oksidlovchi, ya`ni KMpO4 yoki K2Sr2O7 ning mikdoriga ekvivalent bo`lishi kerak.
Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling