Efiopiyada 200dan ortiq kishi jangarilar hujumi qurboniga aylandi
Bosh vazir Abiy Ahmad nizo hududiga federal qo‘shinlarni jo‘natgan. Harbiylar hujum qilishda ayblangan 42 nafar qurolli shaxsni yo‘q qilgan.
Foto: AFP
Efiopiyaning Benishangul-Gumuz rayonida jangarilar hujumi oqibatida 200dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qizil xoch jamiyati ko‘ngillilariga tayanib Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, mintaqada etnik zo‘ravonlik holatlari tez-tez kuzatiladi.
Ko‘ngillilardan biri Melese Mesfinning xabar berishicha, shu kunlarda 207 nafar tinch aholi vakili va hujum uyushtirganlarning 15 nafari halok bo‘lgan.
Bosh vazir Abiy Ahmad nizo hududiga federal qo‘shinlarni jo‘natgan. Harbiylar hujum qilishda ayblangan 42 nafar qurolli shaxsni yo‘q qilgan.
Noyabrda Efiopiyada sodir etilgan qatliom oqibatida kamida 600 kishi halok bo‘lgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |