Eron haqida qisqacha tushuncha Eron davlatining aholisi Eron davlatining shaharlari haqida


Download 149.84 Kb.
bet3/12
Sana31.01.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1142622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAVZU1

Eron davlatining Aholisi



Fors qizi

Soni


2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eron aholisi 78 million 408 ming 412 kishini tashkil etadi[3]. 2011-yilda mamlakatda oʻtkazilgan aholi sonini sanash va roʻyxatga olish natijalariga koʻra, Eron aholisi soni 75 million 149 ming 669 kishini tashkil etgan edi[4]. Aholining oʻrtacha zichligi — 42 kishi/km² ga.
1979-yildan beri Eron aholisi ikki baravarga oʻsdi va 2006-yilga kelib 70 495 782 kishini tashkil etdi. Soʻngi yillarda ushbu rekord oʻsish templari susaygan. 2009-yilning may oyi holatiga koʻra, Eron aholisining 60 % dan oshigʻi 30 yoshga toʻlmagan edi. Aholi orasidagi savodxonlik 85 % dan oshiq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. Mamlakat aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi.
Eronda tugʻilganlarning 4 milliondan oshigʻi Erondan tashqarida yashaydi. Ularning asosiy qismi 1979-yilda mamlakatda yuz bergan Islom inqilobi dastidan qochganlardir. Ushbu qochqinlar hozirda asosan AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropa mamlakatlarida istiqomat qiladi va deyarli barchasi ushbu mamlakatlar fuqaroligini olgan. 1996-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eronning oʻzida 1 milliondan oshiq qochqinlar mavjud boʻlgan. Ularning asosiy qismi urush va qiyin iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat tufayli Afgʻoniston va Pokistonning Vaziristoniga kiruvchi viloyatlardan kelgan.

Milliy tarkibi


Eronda 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75 % dan oshigʻini eroniy tillar va eroniy xalqlar guruhiga kiruvchi xalqlar: forslar, kurdlar, lurlar, mozandaronlar, gilaklar, balujlar, tolishlar, baxtiyoriylar, pushtunlar, tojiklar va boshqalar tashkil etadi. Turkiy tillar va turkiy xalqlar guruhiga kiruvchi ozarbayjonlar va turkmanlar, shuningdek boshqa millatlardan, arablar, armanlar, ossuriyaliklar, gruzinlar, loʻlilar va boshqalar ham yashaydi. Ushbu millatlarning 65 % dan oshigʻini forslar, taxminan 15 % ozarbayjonlar, 10 % kurdlar, 6 % lurlar, 2 % arablar, turkmanlar 2 %, boshqalar 3 %.

Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling