Eron haqida qisqacha tushuncha Eron davlatining aholisi Eron davlatining shaharlari haqida


Download 149.84 Kb.
bet1/12
Sana31.01.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1142622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAVZU1


MAVZU: QADIMGI ERON
REJA:

  1. Eron haqida qisqacha tushuncha

  2. Eron davlatining aholisi

  3. Eron davlatining shaharlari haqida

  4. Eron davlatining madaniyati

  5. Xulosa

Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi (2016). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.
Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi.
Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan.
Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yil 2—5-dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989-yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2021-yildan Ibrohim Raisiy[1]). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Eron bolalarni qatl qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi.

Davlat tuzumi



Eron Prezidenti — Ibrohim Raisiy

Eron Oliy Rahbari — Ali Xomanaiy
Eron Islom Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi 1979-yilning 2-5-dekabr kunlari oʻtkazilgan umumxalq referendum natijalaridan soʻng qabul qilingan. Keyinroq baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Rasman Eron — islom respublikasidir. Ushbu mamlakat hozirda dunyoda juda oz boʻlgan teokratik davlatlardan biri.
Mamlakat konstitutsiyasiga koʻra, davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbaridir. Oliy Rahbar mamlakatning umumiy siyosatini va boshqa jabhalarini nazorat qiladi. Shuningdek, aynan Oliy Rahbar mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni, harbiy razvedka rahbari. Oliy Rahbar mulozimlarni davlatning baʼzi yuqori lavozimlariga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Bular: Oliy sudlar raislarini, politsiya rahbarini, barcha turdagi qurolli kuchlar qoʻmondonlarini, shunigdek 12 nafar Konstitutsiya qoʻriqchilari kengashidan 6 nafarini. Oliy Rahbar Ekspertlar kengashi tomonidan saylanadi va ushbu kengashga hisobot beradi. 1979-yilning 3-dekabridan 1989-yilning 3-iyunigacha Eron Oliy Rahbari Ruhulloh Xumayniy edi. Uning vafotidan soʻng ushbu lavozimga oʻsha yilning 4-iyun kunidan Ali Xomanaiy tayinladni va U hozirda Eronning amaldagi Oliy Rahbaridir.
Mamlakatda ikkinchi rasmiy oliy shaxs — Eron Islom Respublikasi Prezidentidir. Prezident mamlakat konstitutsiyasi garanti, hukumat boshidir. Prezident qarorlari Oliy Rahbar tasdigʻidan oʻtganidan soʻng qabul qilinadi. Eron prezidenti Vazirlar kengashi aʼzolarini tayinlaydi, mamlakat hukumatini nazorat qiladi. Mamlakat prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi va 4 yil muddatga saylanadi. Bir prezident vakolati ikki muddatdan, yaʼni 8 yildan koʻproq boʻlishi mamlakat konstitutsiyasi tomonidan cheklangan.

Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling