Eron mamlakatining iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi


Tabiiy sharoiti va resurslari


Download 39.16 Kb.
bet2/11
Sana24.03.2023
Hajmi39.16 Kb.
#1292973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERON MAMLAKATINING IQTISODIYOTI VA RIVOJLANISH TARIXI

Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Eron Janubi-G‘arbiy Osiyo­dagi Eron tog‘ligining katta qismini egalaydi. Eron tog‘ligining ⅔ qismi Eronda joylashgan. Eronning eng chekka shimoli-g‘arbida Armaniston tog‘ligining janubi-sharqiy qismi o‘tadi.
Eron tog‘ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog‘ zanjirlari va tog‘lararo botiqlarning almashinib kelishini o‘zida aks ettiradi. Eron tog‘ligi­ning katta qismi 1000-2000 m balandlikka ega. U tog‘ tizmaslari shimolda Elbrus tog‘ tizmasi, sharqda davomi bo‘lgan Turkman-Xurosan tog‘lari, janubda va janubi-g‘arbda Mekron va Zagros tog‘lari bilan o‘ralgan.
Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho‘llardan biri Dashti-Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m.
Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho‘l Dashti-Lut cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi barxan qum cho‘lidan iborat. Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi.
Ichki Eron yassi tog‘ligi Sharqiy Eron va O‘rta Eron tog‘ tizmalari bilan kesishadi, alohida cho‘qqilari 3000-4000 m va undan baland (Xezor 4419 m, Kuxe-Lolazor 4374 m). O‘rta Eron tog‘ligida vulqan jinslar keng tarqalgan.
Eron tog‘ligini shimoldan janubga tomon ikkita katta tog‘lar o‘rab turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohiligacha yetuvchi shimoldagi tog‘ tarkibiga Demovand (5604 m) cho‘qqisi bilan baland tog‘ tizmasi Elbrus ham kiradi.
Elbrus sharqida Turkman-Xuroson tog‘ligi o‘tadi. U ikkita yo‘na­lishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor–Masjid tog‘i (3117 m).
Shimoliy-g‘arbdan janubi-sharqqa Eronning garbiy chegarasi bp`ylab Zagros tog‘lari cho‘zilgan. Janubi-g‘arbda Eron tog‘liklari bilan tutashgan. Uzunligi 1600 km, kengligi 200-300 km. Maksimal balandligi 4548 m (Zerdkux cho‘qqisi). Tog‘ cho‘llari, shimoli-g‘arbda buta va siyrak o‘rmonlar bilan qoplangan. Zagros tog‘ning relyefi kuchli erroziyaga uchragan. Ochiq g‘orlar uchraydi. Shimoli-g‘arbiy va janubi-sharqiy qismi ko‘p yo‘llar bilan kesishgan, Zagrosning markaziy qismi eng baland, yovvoyi holda, chiqish qiyin, o‘tish yo‘llaridan mahrum.
Mekron tog‘i - Erondan boshlanib, Pokiston xududida davom etadi. Tog‘larning o‘rtacha balandligi 2000 m atrofida. Zagros kabi Mekron uchun ham kuchli yemirilish xos.
Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasi Eron Ozorbayjoni deb nomlanuvchi Arman tog‘ligi bilan band. Sharqda bu Elbrus tog‘ligi bilan, g‘arbda Qurdiston tizmasi bilan chegaralangan. Bu chekka tog‘lar oralig‘i Qoradag tizmasi, Mishudag, Bozkush, katta vulqonli massiv Sebelandag, Saxend Janubiy Ozorbayjon keng yassitog‘ligi, shuningdek tog‘lar oralig‘ida botiqlar va yirik cho‘kma Rezoye (Urmiya) ko‘li bilan band.
Eronda pasttekisliklar kam, ular mamlakat maydonini 1/5 qismini egallaydi. Mamlakatning eng cheka shimoli-g‘arbiga balandligi 60-300 m ga yetuvchi pasttekislik Eron Mugoni kiradi. U Kura-Araks pasttekis­ligining bir qismi hisoblanadi. Janubiy Kapiy pasttekisligi Elbrusning shimoliy etagida joylashgan. Bu pasttekislikning kengligi 2-6 km dan 30-40 km gacha. Pasttekislik dunyo okeani sathidan pastda joylashgan. Kaspiy dengizining janubiy sohili kam parchalangan, bu esa kemalar to‘xtashi uchun noqulay.
Janubiy-Kaspiy pasttekisligidan sharqda yassi Gorgon pasttekiligi joylashgan. Unda taqirlar, qumli sho‘rhok yerlar uchraydi. Mamlakat janubida Fors va Ummon ko‘rfazi sohili bo‘yida kengligi 10-15 km ga yetuvchi tekislik Garimsir cho‘zilgan. Uning pastki qismlari botqoqliklar bilan band.
Eronda eng katta pasttekislik janubi-g‘arbda joylagan. Bu mashhur Mesopotamiya pasttekisligining bir qismi bo‘lgan Xuziston tekkisligidir. Uning yuzasi tekkis, bir xilda dengiz sathidan 100 m balandlkda joy­lashgan. Pasttekislik asta-sekin janubi-sharqqa Fors ko‘rfazi sohili tomon pasayadi. Xuzistonning janubiy qismi kuchli botqoqlashgan.
Sulaymon tog‘lari Eron tog‘liklarining sharqiy chekkasida joylashgan. Uzunligi 600 km. Bir necha qator parallel submeridianal tog‘ tizmalaridan iborat. Eng baland cho‘qqisi 3441 m.
Umuman olganda shimoli-g‘arbidan janubi-sharqqa Eronning faol seysmik belbog‘ kesib o‘tadi. Bu yerda zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi.

Download 39.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling