Eron mamlakatining iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi


Download 39.16 Kb.
bet3/11
Sana24.03.2023
Hajmi39.16 Kb.
#1292973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERON MAMLAKATINING IQTISODIYOTI VA RIVOJLANISH TARIXI

Foydali qazilmalari. Eron foydali qazilmalarga boy. Qidirib topilgan neft zahiralari 8,9 mld.t ni tashkil etadi (kapitalistik dunyoning 12-13% nefti va Yaqin va O‘rta Sharqning 20% nefti). Yirik neft konlari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida to‘plgan: Neftsefid, Xeftgel, Agajari, Masjid–Sulaymon va boshqalar. Mamlakat markazidagi neft koni Qumli, shimoldagi neft konlari Eron Ozarbayjonida joylashgan.
Shuningdek, Eronda katta tabiiy gaz zahiralari bor (dunyo zaxira­sining 15%). Yirik gaz koni Pazenan. Eronda boshqa energiya resurs­laridan ko‘mir, umumiy zahirasi 5,5 mld t. Sanoat ahomiyatiga ega bo‘lgan konlar mamlakat shimolida Shemshek, Abek, Zirab va boshqalar. Bu konlarning ko‘miri yuqori quvvatligi bilan farq qiladi (7000-8000 kal/kg). Shunigdek, ko‘mir Eron Ozarbayjonida Hurosonda mamlakat g‘arbida Xamadon rayonida, markazda Kashan va Isfaxon yaqinida janubda Karmona rayonida bor. Eron metalurgiyasini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan temir ruda konlari Kermon rayonida – Zerandda bor. Eronda umumiy temir ruda zahirasi 5 mld.t.
Eron foydali qazilmalar orasida temir rudasi, xrom, mis, magniy, nikel, kobolt, rux, marganes, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, qalay, simob, kumush, oltin, platina, qazilmalari bor.
Karmonada, Xuroson, Isfaxon, shuningdek Eron Ozorbayjonida, Elbrus tog‘ tizmasida uran va boshqa radiaktiv metallar topilgan. Eronda nometall qazilmalardan oltingugurt(Dashti-Kabir, Qurdiston), osh tuzi, kaliy tuzi, biryuza koni qurilish va bezatish materiallari (granit, marmar, glina, gips, ohaktosh) zahiralari bor.
Iqlimi va ichki suvlari. Eronning katta qismida iqlim subtropik, faqat eng cheka janubida Fors va Ummon ko‘rfazlari sohillarida tropikdir. Mamlakat hududida shimoli-g‘arb va sharqiy yo‘nalishdagi shamollar, Eron Ozorbayjonida esa g‘arbiy shamollar xukumronlik qiladi. Qishda Eronga mo’tadil va tropik havo massalarining bir-biri bilan almashinib kelishi xosdir. U havoning issib ketishi va sovib ketishi bilan bog‘liqdir.
Yanvarning o‘rtacha harorati -2+1ºC va janubda +15ºC. Biroq Arktika havosining kirib kelishi (har yili sodir bo‘lmaydi) sovuq -25ºCgacha bo‘lishiga olib keladi. Bu xukumronlik asosan tog‘larda kuchli shamollar, qorbo‘ronlari va izg‘irinlar bilan kuzatiladi. Qor ko‘chkilari tog‘ davonlarini to‘sib qo‘yadi. Transport harakatini to‘xtatib qo‘yadi. Kuchli sovuq va izg‘irin shimoliy va markaziy Eronda kuzatiladi.
Qishda tropik havo massalarining kirib kelishi natijasida keskin issib ketishi ham halokatlarga olib keladi. Bu havo massasi sel va suv toshqinlarini olib keladi. Toshqin vaqtida sohil bo‘yidagi qishloqlar va kichik shaharlar suv ostida qoladi.
Ichki Eronda yoz issiq va jazirama bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha haroati shimolda +25ºCni, janubda +35ºCni tashkil qiladi. Kaspiy bo‘yi pasttekisligida iqlim nam subtropik (yozda +26ºC qishda +11ºC), janubi-g‘arbda esa tropik (Xuzistonda yoz +31ºC qishda +14ºC).
Yozda Eron janubiy Osiyo past bosim oblasti ta’sirida bo‘ladi. Biri shimoli-g‘arbiy, boshqasi esa janubi-g‘arbiy. Asosan shimoli-g‘arbiy oqim doimiy va kuchli bo‘ladi, biroq Eron tog‘laridan o‘tayotganda u dengiz havosi tarkibini yo‘qotadi va issiq, quruq changli tropik havoga aylanadi. Bu havoning kelishi va doimiy yozgi shimoli-g‘arbiy shamollar ko‘rinishida aniq ifodalaniladi. Ular orasida asosan Fors ko‘rfazi sohilidagi Shemal mashxur. U Mesopotamiyadan esib “120 kun shamoli”deb nomlanadi.
Eron tropik havosi doimo yozda tog‘lar ustida shakllanib, juda quruq va issiq uning harorati +40ºCga, katta chang-to‘zonda esa hatto +50ºCga yetadi.
Juda issiq cho‘l tropiq tipidagi iqlim yog‘inning eng kamligi bilan shu bilan birga quruqligi bilan farq qiladi. Fors va Ummon ko‘rfazi bo‘yidagi Garimsir Erondagi eng yog‘insiz rayon hisoblanadi. Bu yerda qor umuman bo‘lmaydi, yanvarning o‘rtacha harorati +14ºCdan yuqori. Issiq fevraldan boshlanadi. Yilning katta qismida bu yerda issiq va changli shimoli-g‘arbiy shamol esadi. Asosan kuchli va doimiy 6 xafta iyun va iyul davomida esadi (Buyuk Shemal).
Eron yog‘inlarga juda kambag‘al Eron tog‘ligida yog‘in miqdori bir yilda 100-200 mm dan oshmaydi, faqat ba’zi tog‘larda 300 mm gacha yetadi. Tog‘lar bilan o‘ralgan Eronning ichki cho‘l rayonida 50 mm dan kam yog‘in tushadi, ko‘pincha ketma-ket bir necha yil bir tomchi ham yog‘in tushmaydi. Bu rayonlarda yog‘in asosan qishki va bahorgi mavsumga to‘g‘ri keladi. Eron xududida nam joylar kam. Mamlakat sharqidagi baland yon bag‘irlariga Hind okeanidan keluvchi oqimlar musson yomg‘irlarini olib keladi. Eron shimolida Kaspiy dengizi sohilida, shuningdek Elbrusning dengizga qaragan yonbag‘irlarida bir yilda 1000-2000 mm yogin tushadi. Eng ko‘p yogin (60%) kuzda tushadi.
Insonlar uchun ancha qiyin iqlim sharoiti mamlakatning eng cheka janubi-g‘arbi Axvaz rayonida kuzatiladi. Yozgi issiq + 50ºCga yetadi.

Download 39.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling