Eron XVI-XVIII asrlarda


Adabiyot, san’at va me’morchilik


Download 29.01 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi29.01 Kb.
#1164718
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. ERON XVI-XVIII ASRLARDA

Adabiyot, san’at va me’morchilik. XVI–XVII asrlarda Eronning qadimiy madaniy an’analari davom ettirildi. Ayniqsa shaharsozlik, amaliy san’at va she’riyatda an’analar davomiyligi saqlab qolindi. Bu davrda shoirlar Hatoiy (Shoh Ismoil), Sodiqbek Afshar, Soib Tabriziy, kurd mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Ahmad Hasaniy, kurd shoiri Mirza Shafiq va boshqalar unumli ijod qildilar. 1596 yili Sharafxon Bidlisiy mashhur «Sharafnoma» asarini yozib tugatdi. XVI asr ikkinchi yarmida Ahmad Roziy «Yetti iqlim» deb ataluvchi geografik she’riy asarga yakun yasadi. XVII asrda (1641 y.) Yangi Julfada arman alifbosi asosida bosmaxona ishga tushirilib, bu yozma adabiyotning keng omma orasida tarqalishida katta rol o`ynadi.
«Sharafnoma»dan tashqari Shayx Haziniy, Muhammad Kozim, Abdurazzoq Jumbuliy kabi tarixchilarning ham she’riy-tarixiy asarlari yaratildi. Biroq bu davrdagi Eron she’riyati oldingi davrlardagi (X–XV) yuksalish darajasiga ko`tarila olmadi.
Falsafada hurfikrlilik oqimining vakili Sadr SHeroziy (1640 yilda vafot etgan) qarashlari alohida e’tiborga loyiq. Ke­yinchalik, 1771 yili «Avesto» tarjimasining birinchi nashri amalga oshirilib, bu ham falsafiy hayotda katta voqea bo`ldi.
Bu davrda saroy voqeanavisligi va geografiya ancha yuqori rivojlanadi. Bu yo`nalish Iskandarbek Munshi, Arakel Tavrizskiy (arman tarixchisi), Ahmad Roziy kabilarning asarlarida namoyon bo`ladi.
Tasviriy san’at va me’morchilik o`zining yuqori darajasiga ko`tarildi. Ajoyib saroylar, madrasa va machitlar qurildi. Bular qatorida Isfahonda bunyod etilgan Shoh machiti, Shayx Lutfulla machiti, Ali Kapa va Chexel Sotun saroy ansambllari o`zining nafisligi va mahobati bilan ajralib turadi. Ularning devorlari o`ymakorlik va naqqoshlik san’ati bilan bezatilgan bo`lib, bu san’atning yuqori darajasidan dalolat beradi.
XVI–XVII asrlardagi Eron miniatyurasi jahon mumtoz badiiy san’atining eng yuksak namunalaridan hisoblanadi. XVI asr oxiridan boshlab Isfahon bu san’at turining markaziga aylanadi. Mashhadlik xattot Sulton Ali, hirotlik Mir Ali va tabrizlik Sulton Mahmudlar o`z davrining mashhur miniatyura ustalari hisoblangan. Miniatyura san’atining rivojlanishiga Hirotdagi Behzod maktabi katta ta’sir ko`rsatdi. Shu davrda Tabriz miniatyura maktabi ham yuqori cho`qqiga ko`tariladi.
XVIII asrda ham madaniy an’analar davom ettirildi. Ammo mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy parokandalik adabiyot va san’atda ham o`z aksini topdi. Bundan tashqari yevropalik­larning kirib kela boshlashi ham azaliy an’analarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bozor talabidan kelib chiqib, gilam va boshqa amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. Bu esa Eron iqtisodiyoti va madaniyatining keyingi asrlardagi taraqqiyot yo`nalishini belgilab berdi.



Download 29.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling