Eronning qishloq xo‘jaligi


Download 7.69 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi7.69 Kb.
#1353715
1   2   3   4
Bog'liq
Eronning qishloq xo‘jaligi-fayllar.org

Afg‘onistonda haydaladigan yerlarning umumiy maydoni hamma yerning 12% ni tashkil qiladi. O‘tloq va yaylovlar 46%, o‘rmon va buta­zorlar 3% Qadimdan Afg‘oniston dehqonlarining hayoti suv bilan bog‘liq. Afg‘oniston sun’iy sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining qadimiy о`choqlaridan biri.

Sug‘orma dehqonchilikning asosiy areallari quyidagicha joylashgan: Janubiy Afg‘onistonda Hilmond havzasida, Qobul vodiysi va uning irmoqlari, Shimoliy Afg‘onistoning Harirud daryosi bo‘ylab, shuningdek Baqtriya tekisligidagi Qunduz va Balxu daryosi bo‘ylab joylashgan.

Jalolobod irrigatsiya kompleksi qurilgandan keyin Qobul vodiysi vohalari boglar, g‘alla va sholi maydonlariga aylandi. Davlat yerlardan sitrus, zaytundan katta hosil yig‘ildi.

Yer osti suv yig‘uvchi inshootlar - korizlar ochiq vodiylarda va Qondahor va Farox oralig‘idagi Janubiy Afg‘onistoning G‘azna platosida past tog‘oldi qismida, Nangraxar provinsiyasining janubiy qismi Qobuldan shimolda Hindiqusholdi vodiylarida ko‘proq uchraydi. Korizlar mamlakatning hamma sug‘oriladigan yerlarining 20%ga xizmat ko‘rsatadi.

Sug‘orilmaydigan yerlar mamlakatning shimolidagi keng tog‘oldi palasasida Qalayi - Nau, Honabod Fayzobodda to‘plangan. Lalmi yerlarda yaxshi yog‘ingarchilikdan so‘ng sug‘oriladigan yerlarga nisbatan ba’zan yuqori hosil olinadi, lekin уоg‘in yetishmaganda hattoki uruglik ham yig‘a olishmaydi. Lalmi dehqonchilik bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘ch­man­chilar kо`proq shug‘ullanadi. Lalmi yerlarda ko‘pincha g‘alla, arpa yog‘li lyon, poliz ekinlari, asosan qovun yetishtiriladi.

Ko‘pchilik xo‘jaliklar bir yilda bir marta hosil olishadi. Doimo deh­qonchilik qilinadigan quyi joylashgan vohalarda, ya’ni Hirot, Farox, Qan­dohor, Jalalobodda bir yilda ikki marta hosil olinadi. Bir yilda ikki marta hosil olinadigan yerlar maydonini kengaytirishga tog‘li rayonlarda noqulay iqlim sharoiti yilning asosiy qismida sug‘orish kanalida suvning yetish­masligi to‘sqinlik qiladi. Bahorgi ekinlardan muhimlari – g‘alla, arpa, ba’zi dukkaklilar. Kuzda sholi, makka va asosiy texnika ekinlaridan paxta, qan­d­lavlagi, shakarqamish yig‘ib olinadi.


Download 7.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling