Eronning qishloq xo‘jaligi
Download 7.69 Kb.
|
Eronning qishloq xo‘jaligi-fayllar.org
Eronning qishloq xo‘jaligi Eronning qishloq xo‘jaligiQishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi.Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshinrux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi.Dehqonchilik. Afg‘oniston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan. Juda quruq iqlim, atmosfera yog‘inlarining kam miqdori va ularning yil mavsumlarida notekis taqsimlanishi ekinlarni nafaqat tekisliklarda, balki tog‘li rayonlarda ham sug‘orish zaruriyatini taqazo qiladi. Hattoki shunday viloyatlar mamalakatning boshqa qismlariga nisbatan atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi ta’minlangan Badaxshon, Nuriston va Hazarajotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3/4 qismidan ko‘proq yalpi hosilini sug‘orma yerlar beradi. Afg‘oniston iqlim sharoitidagi sug‘oriladigan yerlar sezilarli darajada yuqori va bir maromda hosil berishi bilan harakterlanadi.Download 7.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling