Eronning qishloq xo‘jaligi


Download 7.69 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi7.69 Kb.
#1353715
1   2   3   4
Bog'liq
Eronning qishloq xo‘jaligi-fayllar.org

Afg‘oniston dehqonchiligining asosini don mahsulotlari ashkil qiladi. Muhim ekinlardan g‘alla xissasiga о`simlikshunoslikdagi hamma mah­sulotlar qiymatining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bog‘lar va uzum­zorlar Afg‘onistoning hamma qismida tarqalgan. Mevali ekinlar vohalarda va katta shaharlar atrofida to‘plangan. Mevalar, asosan uzum ko‘p miq­dorda eksportaga ketadi. Afg‘oniston dunyo bozorida magiz va tur­shak, anorning eng yaxshi navi bilan mashhur.

Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi band bo‘lishi bilan bir qatorda va YAIMning 70% dan ko‘prog‘ini berishiga qaramay, qishloq xo‘jaligi hozirgacha kam mahsuldor, aholining oziq-ovaqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapti.

Chorvachilik hissasiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmi va mamlakat eksportining 50% atrofida to‘g‘ri keladi. Yaylov qoramolchiligi ko‘pchilik ko‘chmanchilarning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Mollar uchun mavsumiy yaylovlarni qidirib ko‘chmanchilar yozda Hindiqushning alp о`tloqlariga va boshqa baland tog‘ tizmalariga 500 dan 1500 metr maso­fagacha ko‘tarilishadi, qishda esa Hind va Panjob (Pokiston) qirg‘oqlarigacha bo‘lgan tekisliklarning quyi vodiylariga tushishadi.

Chorvachilik. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar qoramollari bo­shi­ni hisoblash juda qiyin. Odatda mollar miqdori mavsumdan mavsum­gacha va iqlim sharoitlariga juda bog‘liq holda o‘zgaradi. Sovuq qishlarda oziqa yetishmasligidan ⅓ qism mollar nobud bo‘ladi va mollar boshi tiklanguncha bir necha yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek mollar miqdoriga kasallik ham katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘troq qishloq aholisi uchun asosiy mashg‘ulot dehqonchilik bo‘lib, chorvachilik faqat uni to‘ldiradi.

Afg‘oniston chorvachiligining muhim va bir vaqtning о`zida bir muncha mahsuldor, tarmog‘i qo‘ychilikdir. Mamlakatda go‘sht-jun va qorako‘l qo‘ylar yetishtiriladi. Qo‘ychilikning ikki tipini ajratish mumkin: ko‘chmanchi qo‘ychilik va yarim o‘troq aholining yaylov qo‘ychiligi.

Yirik shoxli qoramolchilikdan farq qilib oziqa ekinlarni yetishtirishga majburlar, chunki qo‘y va echkilar odatda yerdan о`sib chiqqan oziqlar bilan qanoatlanadi. Qo‘у va echkilarning mahalliy zotlari beozor va ular quruq mavsumda yog‘ zaxirasini to‘plab uzoq masofalarga haydashlarga bardoshli bo‘ladi.


Download 7.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling