Еrp va crм axborot tizimlarining arxitekturasi va strukturasi Reja


ERP tizim yordamida muommo qanday hal qilinadi?


Download 0.5 Mb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1030292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 маруза (1)

ERP tizim yordamida muommo qanday hal qilinadi?
Кorxonaning hom-ashyolarini yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi bo'limi omborda hom-ashyodan qancha qolganligini aniqlaydi. Keyin u korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish bo'limi yordamida(ularni mahsulot ishlab chiqarish tezligini bilgan holda), omborda qolgan hom-ashyo qancha muddatga yetishini hisoblashadi va ishlab chiqarish bo'limi ma'lum vaqt to'xtovsiz ishlashi uchun(yoki korxonaga tushgan buyurtmalarni bajarish uchun) yana qancha hom-ashyo kerak bo'lishi hisoblab chiqishadi. So'ng ular hom-ashyo yetkazib beruvchi boshqa korxonalar bilan bog'lanib kerakli hom-ashyolarni buyurtma berishadi.
ERP tizimlar boshqa tizimlardan nimasi bilan farqlanadi?
Ko'p hollarda ERP tizimlarni ma'lum bir vazifani bajaruvchi boshqa dasturiy ta'minot vositalari bilan almashtirib qo'yishadi. Masalan, ERP tizimlarni CRM(Customer Relationship Management) tizimi bilan yoki ERP tizimlarni buxgalteriya va soliq dasturlari bilan bir xil dastur deb hisoblashadi. ERP tizimlarning asosiy boshqa tizimlardan asosiy farqi, ERP tizimlar korxona resurslarini biron-bir qismini emas, balki uning barchasini boshqarish uchun mo'ljallangan. Ya'ni quyidagicha sanab chiqish mumkin:

ERP arxitekturasi
Dastur arxitekturasi. Tashkilotning ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab, ERP tizimining tegishli dasturiy arxitekturasini, masalan, "bulutli xizmatlar", "mijoz-server" arxitekturasini yoki "ob'ektga yo'naltirilgan" arxitekturani tanlash kerak.
Texnik arxitektura. Ushbu tanlov mezoni avvalgisi bilan o'zaro bog'liq. Texnik arxitekturani tanlash tashkilotdan aloqa kanallarini, apparat va kompyuter uskunalarini yangilashni talab qilishi mumkin.
ERP tizimini joriy qilish texnologiyasi. Ushbu mezon xizmat ko'rsatuvchi provayderga bog'liq. Qoida tariqasida, ERP tizimlarining yirik ishlab chiqaruvchilari o'zlarining dasturiy mahsulotlarini amalga oshirish texnologiyasini qo'llashni taklif qilishadi. SAP, ORACLE, Microsoft va boshqalar bunday texnologiyalarga ega.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling