3-davr (6 oylikdan 3 yoshgacha)
Bu davr Dj. Boulbi xisoblaganidek, yaqinlik tuyg‘usining shakllanishi uchun eng axamiyatli xisoblanadi. U “jadal mexr-muxabbat va yaqinlikni faol izlash” bilan xarakterlanadi. Taxminan 6 oyligidan boshlab go‘dakning muayyan odamga yaqinlik tuyg‘usi xiyla jadal va istisnoviy bo‘ladi. Bir muncha diqqatga sazovori shuki, go‘daklar onasi xonani tark etayotganida ayrilik xavotirini namoyish qilgancha qattiq yig‘laydilar. Avval ular o‘zlariga qaragan xar qanday odamning ketishiga qarshi e’tiroz bildirgan bo‘lsalar, endilikda esa asosiy tarzda bu yagona insonning yo‘qligi ularni ranjitadi.
Kuzatuvchilar go‘dakning onasini bir muncha vaqtdan keyin qaytishini olqishlashidagi jadallikni xam ta’kidlaydilar. Qachonki onasi qaytganida go‘dak, odatda uni quchoqlaydi va quvonchli tovushlar chiqaradi. Ona xam birlashuvdan o‘zining lazzatlanayotganini namoyish qiladi. Onasining yonida bo‘lish istagi turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Bola ulg‘aya borgan sari, undagi yaqinlik tuyg‘usi yaxshiroq shakllana borgan sari uning axlokida atrof olamni tadqiq etishga intilish shuncha ko‘prok yuzaga chiqadi. Biroq agar u charchasa yoki kasal bo‘lsa, onasi bilan kolish extiyoji tadqiq etish extiyojidan ustunlik qiladi. Mana nima uchun biz nogironligi bo‘lgan bola xaqida gapirganimizda yaqinlik tuyg‘usining tushunchasi aloxida axamiyat kasb etadi. Shaxsiy axamiyatlilik va sevuvchi doyra tomonidan qabul kilinish tuyg‘usi bolaning kungildagidek rivojlanishi uchun muxim asos xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |