1-davr (tug‘ilgan laxzasidan boshlab 3 oylikkacha). Bu bosqich yaxshi- yomonning farqiga bormaydigan yaqinlik tuyg‘usi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichda go‘dak faqat o‘zining nigoxi tushgan predmetlarni farqlashga o‘rganadi. Barcha ob’ektlar ichida go‘dak uchun eng jozibalisi agar xatto u shunchaki tasvirlangan bo‘lsa, inson ovozining tovushi bo‘lsa xam inson qiyofasi xisoblanadi. Go‘dak taxminan uch xaftaligidayok odamlar ovozining tovushiga jilmayishni boshlaydi. Zamonaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, go‘daklar tug‘ilgan zaxotiyoq onasining ovozini tanib oladilar. Go‘dak tushida jilmayishi mumkin, biroq, bu jilmayish “ijtimoiy” jilmayish deb xisoblanmaydi, chunki u insonga yo‘naltirilmagan bo‘ladi. 5-6 xaftalik go‘dak xar bir inson chexrasiga jilmayib qaray boshlaydi. Taxminan shu yoshida unda boshqa mexr qo‘yadigan xarakat - gu-gulash rivojlanadi. Go‘dakda tug‘ilgan laxzadanoq ikkita muxim tugma refleks yoki “tutib turuvchi reaksiyalar” namoyon bo‘ladi- ushlab olish refleksi (agar bolaning kafti kandaydir predmetga tegib ketsa, u refleksiv tarzda shu predmetni siqib oladi) va
Moro refleksi (to‘satdan yuz beradigan tovush yoki xarakatda, qachonki go‘dak tayanchni yo‘qotib qo‘ysa, avval qo‘llarini cho‘zadi, keyin esa ularni ko‘ksiga chalishtiradi, guyoki o‘z ko‘kragini quchoqlagande! Dj.Boulbi uzoq o‘tmishda bu reflekslar bolaga uni o‘zida ko‘tarib yurgan ota-onasiga yopishib turishiga yordamlashgan, deb xisoblaydi. Kattalaning tez odimlashi yoki yugurganida bola yiqilib tushmaslik uchun unga kuchliroq yopishib oladi. Bundan tashqari, go‘daklarda surish va izlash refleksi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |