«Erta tashxis va abilitatsiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari Fan: «Erta tashxis va abilitatsiya


Ilk yordam xizmatini tashkil etishning asosiy maqsad va vazifalari


Download 0.79 Mb.
bet2/27
Sana09.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#264309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
.Erta Tashxis

Ilk yordam xizmatini tashkil etishning asosiy maqsad va vazifalari:

Agarda bolaning kompensator imkoniyatlari, to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, olib borilgan psixologik-pedagogik korreksiyalash, davolash ishlari o‘zaro uyg‘unlashsa boladagi birlamchi psixik-jismoniy nuqsonlar ancha yumshatiladi, ba’zan esa butunlay bartaraf etilishi mumkin. Bularning barchasi bolalar nogironligini, ularning rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarni yuzagakelishini oldini olishga imkon yaratadi.

. Ilk yordam xizmati ishining zarur sharti ota-onalarning mutaxassislarga teng hamkor sifatida jalb etilishidir. Ota-onalar bolaga yordam berish dasturida faol ishtirok etadilar. Rivojlanigshida muammolari bo‘lgan ilk yoshdagi farzandga ega bo‘lgan ota-onalarni bolani parvarish qilish va tarbiyalash malakalariga o‘rgatish, ularni tibbiy, pedagogik, psixologik masalalar bo‘yicha ham ko‘plab ma’lumotga ega bo‘lishlarining darajasini oshirish ilk yordam xizmatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.

Agarda bolaning kompensator imkoniyatlari, to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, olib borilgan psixologik-pedagogik korreksiyalash, davolash ishlari o‘zaro uyg‘unlashsa boladagi birlamchi psixik-jismoniy nuqsonlar ancha yumshatiladi, ba’zan esa butunlay bartaraf etilishi mumkin. Bularning barchasi bolalar nogironligini, ularning rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarni yuzagakelishini oldini olishga imkon yaratadi.



Bola rivojlanishida, odatda, quyidagi yo‘nalishlarni ajratadi: jismoniy rivojlanish, tuyg‘u organlari, nutq, intellektning rivojlani­shi, xissiy va ijtimoiy rivojlanish. Bu bo‘lish yetarlicha shartlidir, chunki rivojlanishning barcha yo‘nalishi bir biri bilan zich bog‘langan va bola bir vaqtning o‘zida barcha parametrlar bo‘yicha rivojlanadi.

  • Rivojlanish jarayoni muvaffaqiyatli borishi uchun bola unga zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z vaqtida va birmuncha to‘liq darajada olishi muxim. Barcha bolalar xech bir istisnosiz mexr-muxabbat, e’tibor, gamxo‘rlikka muxtoj, xamma bolalarda o‘qish, muloqot qilish, o‘zi va olamni tanishga extiyoj bor.

  • Keling, xozir barcha bolalarga to‘g‘ri rivojlanishlari uchun nimalar kerakligiga batafsil to‘xtalamiz.

  • Bola rivojlanishi uchun eng yaxshi joy - bu

  • oila. Bu dunyoga kelgach bola yashab ketish va rivojlanish uchun eng kulay sharoitni ta’minlovchi muxitga muxtoj bo‘ladi. Bunday sharoit kachonki bola oilaviy muxitda yashasa va doimo yonida bo‘luvchi — ota-onasi, qarindoshlari, vasiylari - u xakda g‘amxo‘rlik qiladigan odamlari bo‘lgan xoldagina yaratilishi mumkin. Bolaga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik, oila a’zolari orasidagi yaqin va iliq munosabatlar unga o‘zini kerakli, ximoyalangan va o‘z-o‘ziga ishonchni xis kiladigan muxitni yaratadi. Bola oilada uning jismoniy, xissiy va intellektual rivojlanishi uchun xayotiy zaruriyat xisoblanuvchi — ozuqa, boshpana, g‘amxo‘rlik, e’tibor, uni qanday bo‘lsa shundayligicha tushunish va qabul qilish oilada bo‘ladi. Oilada bola shaxsi shakllanadi, o‘zi, fe’l-atvori, xayotga munosabati xakidagi tasavvurlari yig‘iladi. Boshqa xech bir sharoit bolaning rivojlanishi uchun oila kabi ijobiy bo‘lmaydi.

  • HAYoTIY MALAKALAR: Farzandingiz eng yuqori darajada mustaqil va erkin bo‘lishi uchununga biz kundalik xayotda foydalanadigan amaliy malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga yordam berish darkor. Boshqalarga o‘xshamagan bolaga boshqa xar qanday bola kabi quyidagi xayotiy malakalarga o‘rgatish darkor:

  • Ichimlik va ovqat qabul qilish, idishlarni ishlatish malakalari;

  • Kiyinish va yechinish, kiyimlar bilan muomala qilish malakalari;

  • O‘zini parvarishlash malakalari - gigienik malakalar, o‘z xonasini yig‘ishtirish malakalari;

  • Turli odamlar bilan muloqot malakalari, jamoatchilik joylaridagi axloq;

  • Katta yoshdagi bolalar uchun - mustaqil yashash, kucha bo‘ylab xarakatlanish, xaridlar qilish, shaxar xizmatlaridan foydalanish va x,.k. malakalar.

  • Extimol, farzandingiz barcha xayotiy malakalarni o‘zlashtira olmasligi va tashqaridan yordamga butkul bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq sizning ota-onalik vazifangiz - bola eng yuqori darajada mustaqil turmush tarzini olib borishi uchun intilishingiz darkor

  • Bolani psixologik-pedagogik tekshirish psixologik-tibbiy-pedagogik tekshirishning bir tomoni bo‘lib, uning rivojlanish xususiyatlarini har tomonlama o‘rganishga imkon beradi.

Go‘dak va ilk yoshdagi bolani psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy maqsadi: bolaning psixik rivojlanish darajasini aniqlash, psixik funksiyalarini shakllanish xususiyatlarini o‘rganish, psixik rivojlanishidagi bo‘zilishlar (nuqsonlar) xarakteri va darajasini aniqlashdir.

Psixologo-pedagogik tekshirish vazifalariga quyidagilar kiradi:

-bolaning hissiy va kommunikativ doirasini rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash;

-sensor va harakat funksiyalarini rivojlanish darajalarini aniqlash va tavsiflash;

-manipulyativ, predmetli va o‘yin faoliyatining rivojlanish darajasini aniqlash tavsiflash;

-aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini aniqlash;

-ijtimoiy-maishiy faoliyatni rivojlanish darajasini aniqlash;

-bola va ota-ona munosabatlarini yoshiga moslik darajasini aniqlash;

-bolaning psixik rivojlanish saviyasini aniqlash, potensial imkoniyatlari asosida korreksion ishlarni belgilash;

-ota-onalar va mutaxassislar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:

● bolaning o‘zi va ota-onasi bilan suhbat;

anamnestik va katamnestik o‘rganish;

● kuzatish;

eksperiment.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling