5-topshiriq
Tug‘ilgan to 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish metodikalari bilan tanishib chiqing va bu yoshdagi bolalarni tekshirishga qo‘yiladigan talablarni izoxlang.
Logopedik tekshirishni anamnezni to‘liq o‘rganib bo‘lingandan va tibbiy tekshiruvdan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bola haqida olingan ma’lumotlar logopedga nutq nuqsonining kelib chiqishi, kechishini aniqlashga, tekshirishda to‘g‘ri yo‘nalishga, bolaning yoshiga, uning motor, sensor va intellektual imkoniyatlariga mos metodlarni tanlashga yordam beradi.
3 yoshli bolalardagi nutqiy buzilishlarni ko‘rib chiqishda ishlab chiqilgan psixologik-pedagogik va tibbiy-pedagogik tasniflarga tayanish lozim. Ammo, nutq tug‘ma funksiya emas, balk asab tizimining morfo funksional yetilishi hamda atrof muhit bilan o‘zaro ijtimoiy harakat, aloqadorlik natijasida shakllanishidan kelib chiqib 3 yoshli bolada nutqning rivojlanishida individual rivojlanish sur’ati kuzatilishi mumkin.
Nutqning rivojlanishini orqada qolishi turli omillarga, ya’ni konstitusional xususiyatlar, asab tizimining organik va funksional buzilishlari, kognitiv, kommunikativ va hissiy buzilishlar, tarbiya sharoiti va bir qator boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 3 yoshda aniq tashxisni qo‘ymay, balki nutqning rivojlanishidagi turli buzilishlarni ko‘rsatgan holda nutqning rivojlanishini orqada qolishi sifatida ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |