Umumiy motorikasini rivojlanganlikni baholash parametrlari bolalarning umum yoshdagi meyoriy harakat doirasini rivojlanganligiga qarab tavsiflanadi:
13 oy –o‘zi yuradi;
15 oy- uzoq vaqt yuradi, o‘tiradi, zinadan chiqa oladi, kresloga o‘zi o‘tiradi, tizzasida tura oladi;
18 oy – zinadan o‘zi chiqib tusha oladi, o‘yinchoqlarini orqasidan tashiy oladi, yerda yotgan tayoq ustidan xatlay oladi;
21 oy – 15-20 sm kenglik va poldan 15-20 sm balandlik bo‘yicha yura oladi;
2 yosh – engashib poldan o‘yinchoqni oladi, to‘siqlar ustidan xatlay oladi, koptokni oyog‘i bilan tepa oladi;
3 yosh – bir oyoqda bir necha soniya tura oladi; tepaga zina bo‘ylab chiqishda xar bir zinaga bittadan oyog‘ini qo‘yadi; pastga tushayotib zinaga ikkala oyog‘ini qo‘yadi; ikki oyoqda sakraydi; uch g‘ildiraqli velosipedni xayday oladi.
Rasm chizish, tugmachalarni taqish, minora (bashnya) qurish kabi vazifalarni bajarish orqali mayda motorikasini rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin.
Masalan:
18 oy – shtrixni qaytaradi;
2 yosh – ko‘rsatilgan aylana va vertikal chiziqlarni qaytaradi;
2,5 yosh – ikki yoki undan ko‘p chiziqlarni chiza oladi;
3 yosh – doirani qarab chizadi, odamning rasmini tanasisiz (bosh oyoq) chizadi.
Ushbu yoshdagi bolani psxik rivojlanishini tekshirish xulosa yozish bilantugallanadi, unda hissiy rivojlanishini ifodalovchi, idrok, nutq va motor sferasi, alohida harakatlarining psixologik tizimi va vazifalarni bajarish xolati sistemasi, shuningdek bolada kuzatilgan xarakterining o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar umumlashtiriladi. Psixik rivojlanishida nuqsonlar kuzatilgan bo‘ls xulosada uning psixologik tizimi haqida xarakteristika hamda uni keyingi hayoti uchun zaruriy korreksiyalash va kompensatsiyalash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |