Erta va kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda motorika va sensorikaning shakllanishi hamda rivojlanishi


Download 367.91 Kb.
bet9/21
Sana05.01.2022
Hajmi367.91 Kb.
#228397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Erta va kichik maktabgacha yoshdagi

Katta motorik qobiliyatlar - bu vazifani bajarishga qaratilgan harakatlar majmui. Yugurish, emaklash, sakrash, yurish, egilish va h.k. - bularning barchasi katta motorika mahoratini tashkil etadi. Agar bola yiqilgan o'yinchoqni ko'tarish vazifasiga duch kelsa, avvaliga u unga yaqinlashadi, engashadi, qo'lini cho`zadi, o'yinchoqni olib, o'zini to'g'rilaydi. Bola qo'lida o'yinchoq paydo bo'lishi uchun qancha harakatlarni amalga oshiradi. Bu harakatlarning barchasi katta motorikaga tegishli. Katta motorika - ko'nikmalarning asosi bo'lib, dastlab bola katta motorik ko'nikmalarga ega bo'ladi, so'ngra asta-sekin unga mayda motorik ko'nikmalar qo'shiladi.

  • Katta motorik qobiliyatlar - bu vazifani bajarishga qaratilgan harakatlar majmui. Yugurish, emaklash, sakrash, yurish, egilish va h.k. - bularning barchasi katta motorika mahoratini tashkil etadi. Agar bola yiqilgan o'yinchoqni ko'tarish vazifasiga duch kelsa, avvaliga u unga yaqinlashadi, engashadi, qo'lini cho`zadi, o'yinchoqni olib, o'zini to'g'rilaydi. Bola qo'lida o'yinchoq paydo bo'lishi uchun qancha harakatlarni amalga oshiradi. Bu harakatlarning barchasi katta motorikaga tegishli. Katta motorika - ko'nikmalarning asosi bo'lib, dastlab bola katta motorik ko'nikmalarga ega bo'ladi, so'ngra asta-sekin unga mayda motorik ko'nikmalar qo'shiladi.
  • Mayda motorika - bu kichik ob'ektlarni manipulyatsiya qilish va harakatlarni yanada aniqroq bajarish qobiliyatidir. Mayda motorika qobiliyatlari bilan kichik mushaklar ishlaydi. Tugmachani o`tkazish, tugunchalar tugish, musiqa asboblarini chalish, rasm chizish, kesish - bularning hammasi mayda motorika mahoratidir. Mayda motorika bolada barcha ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi.
  • Qo'llarning mayda motorikasi diqqat-e'tibor, fikrlash, optik-fazoviy idrok (muvofiqlashtirish), tasavvur, kuzatish, ko'rish va motorik xotira, nutq kabi ongning yuqori xususiyatlariga ta'sir qiladi. Bola nutqining normal rivojlanishi barmoq harakatlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Nutqning barmoqlarning harakatchanlik darajasiga bog'liqligi fanda allaqachon ma'lum bo'lgan (bosh miya korteksi(po`stlog`i)dagi nutq va motorika zonalari joylashuvining yaqinligi nuqtai nazaridan, miya yarim korteksi(po`stlog`i)dagi motor mintaqasida yuzaga keladigan qo'zg'alish nutq motor zonasining markazlariga uzatiladi va artikulyatsiyani rag'batlantiradi).

Download 367.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling