Ertaklar reja: Hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr Sеhrli ertаklаr Hаyotiy-mаishiy ertаklаr ertak ertak


Download 40.37 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi40.37 Kb.
#1839799
1   2   3   4   5
Bog'liq
3. Hаyotiy-mаishiy ertаklаr-hozir.org

MAQTANCHOQ QUYON
Kunlardan bir kun jikkakkina ola quyon sheriklariga:
-Bo‘ridan qo‘rqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, - deb chiranibdi.
Hamma uning mardligiga qoyil qolib, yoqa ushlab turganda birdan bo‘ri kelib qolibdi.
- Xap! – deb quyonlarga tashlanibdi u.
Ola quyon o‘zini hammadan oldin eshikka uribdi. Bo‘ri uning yo‘lini to‘sibdi. Shu on ola quyon o‘lar-tirilariga qaramay bir sakragan ekan, bo‘rining boshiga chiqib olibdi. Buni tum-taraqay qochayotgan quyonlarning hammasi ko‘ribdi. Bo‘ri esa ola quyonni irg‘itib yuboribdi. Ola quyon zo‘rg‘a qutulib, bir necha vaqt nafasini rostlolmay, changalzorda yotibdi.
U kech kirganda uyga kirib boribdi.
- Ahvollaring qalay? – debdi u gerdayib.
  • Hayriyat, omon ekansan bo‘riga yem bo‘lgansan deb o‘ylagan edik, - deyishibdi quyonlar .


- Be-e, - debdi ola quyon sir boy bermay va maqtanib ketibdi! Yem bo‘lib bo‘bman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o‘lib qoldi.


Ola quyon o‘rataga chiqib, bo‘rini terisini qanday shilganini maqtanib so‘zlab ketibdi.
-Rahmat senga ola quyon, bo‘ridan qutulibmiz, - debdi quyonlar.
- Ha, butunlay qutuldinglar, - debdi kerilib ola quyon va bo‘ri poylab turmaganmikan deb xavotirlanib atrofiga qarab qo‘yibdi. U maqtanchoq, lekin juda qo‘rqoq ekan.
Bu ertakda maqtanchoqlik va yolg‘onchilikning siri fosh bo‘lishi, bu holat kishini uyaltirib qo‘yishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan. Bu singari ertaklar bolalar uchun qiziqarli bo‘lishi bilan birga, ularni ovutish, fikrini biror narsaga jalb qilish hamda insoniy fazilatlarni asta-sekinlik bilan shakllantirib borish maqsadlarida aytiladi.
O‘rta yoshdagi (7 yoshdan 11 yoshgacha) bolalar ertaklari. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi, fikrlash doirasi ancha takomillashgan bo‘lib, ular oila, turmush haqida qisman tushunchaga ega bo‘ladilar. Ularga yanada fikran chuqurroq, biroz bo‘lsa-da o‘ylab, xulosa chiqarishga undaydigan ertaklar tavsiya etiladi. Bu yoshdagi bolalar ertaklarining hajmi ham kattalashib boradi, mazmun-mohiyati kengayadi, sodda fikrlar sekin-asta chuqurlashadi, bolalar voqea-hodisalarning ikkinchi- ko‘chma ma’nolarini ham anglay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar majoz asosiga qurilgan hayvonlar haqidagi ertaklar va ixcham syujet asosiga qurilgan sehrli ertaklarga juda qiziqadilar. Bunday ertaklarga: “Cho‘lоq bo‘ri”, “Mеhrigiyo”, “Оltin tаrvuz”, “Nоdоn bоlа”, “Pоdаchining qizi”, “Ko‘k qo‘chqоr”, “Аyiq pоlvоn”, “Ilоn pаri”, “Ilоn оg‘а”, “Bo‘ri qiz”, “Ur to‘qmoq”, “Egri va to‘g‘ri”, “Kаmpir bilаn shаqаl”, O‘tinchi yigit bilаn shеr”, “Оvchi bilаn bo‘ri”, “Bo‘ri bilan mergan”, “Chumchuq”, “ Och qarg‘a ” singari ertaklar misol bo‘la oladi.

Bunday ertaklar bolalarga qorong‘i va yorug‘lik, sovuqlik va issiqlik, yomonlik va yaxshilik, yolg‘on so‘z va to‘g‘ri so‘z, zulm va adolat haqidagi tushunchalarni anglatish bilan birga, yaxshi va yomon kishilar obrazlarini ham yaqqol tasvirlaydi. Tashqi dunyo bolalarning ko‘z o‘ngida kengayib, oddiy tasvirlar, voqea – hodisalarning sodda holatlari murakkablashib boradi. Hayotda ro‘y beradigan oddiy to‘qnashuvlardan keskinroq to‘qnashuvlarga, kishilarning chuqurroq, murakkabroq munosabatlariga duch keladi, avvalgi hayvonlarning sodda so‘zlari endi kishilar gapiradigan so‘zlarga o‘xshab ketadi va bola ham endi tulkini emas, tulkisimon odamlarni tasavvur eta boshlaydi. Bolalarda asta-sekin aldoqchi, hiylakorlar va ularni fosh qiluvchi, u keltirmoqchi bo‘lgan ziyonni oldini oluvchi adolatli, vijdonli, insofli, jasur, mard kishilar haqida fikr tug‘iladi.

“Ur to‘qmoq” va “Oltin tarvuz” ertagining sujeti ayricha bo‘lsa-da, kompozitsion qurilishi, motivlar tasvirida o‘xshashlik, davomiylik seziladi. Har ikki ertakda ham laylak va dehqon obrazi yetakchilik vazifasini o‘taydi. Voqelik nochor dehqon va jabrdiyda, ammo mag‘rur, saxovatli laylak o‘rtasidagi sarguzashtlar orqali yuzaga chiqadi. “Oltin tarvuz”da dehqon dalada oyog‘i sinib, yordamga muhtoj laylakka ko‘maklashib, oyoqqa to‘rg‘azgani evaziga mukofotlansa, “Ur to‘qmoq”da dehqon to‘rga tushgan laylakni qutqargani uchun rag‘batlanadi. Har ikki ertakda ham yaxshilik, adolat, iymondga qarama-qarshi yomonlik, zo‘ravonlik, insofsizlik kabi illatlar ertak g‘oyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ertakda ijtimoiy turmush tarzida ro‘y beradigan voqea-hodisalar, inson xarakteridagi konflikt xususiyatlar sodda, bola idrok qila oladigan va tushunadigan darajada hikoya qilinadi. Bu singari ertaklar, avvalo, bolalarning jonivor hayvonlarga, parrandalarga bo‘lgan qiziqishi, mehrini oshirsa, ikkinchidan,

mehnat orqali farovon, tinch, osoyishta turmush kechirish mumkinligi uqtiriladi. Ertaklarning yakuni qissadan hissa chiqarishga undaydi. Ya’ni, “ Yaxshilik qilsang- yaxshilik topasan, yomonlik qilsang – jazo olasan”, “Mehnat qilsang-rohat ko‘rasan”, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik” kabi maqollarning ma’nosi izohlansa, bolalar har bir o‘qigan ertaklarining xulosasini maqollar bilan izohlashga harakat qiladilar. Bu bolalarning tafakkurini charxlash bilan birga, ko‘proq maqollar yod olishiga ham yordam beradi.

O‘rta yoshdagi bolalar ertaklari o‘zigа xоs kоmpozitsiyasi bilаn аjrаlib turаdi. Unda hayvonlar bilan kishilar o‘rtasida muloqot olib boriladi. Hayvonlar hаqidаgi ertаklаrdа ibtidоiy аnimistik, tоtеmistik tushunchаlаr bilаn bоg‘liq rаvishdа, оt, qo‘y, echki, sigir kаbi uy hаyvоnlаri, laylak, turna kabi parrandalar; yo‘lbаrs, bo‘ri, аyiq, tulki singаri yovvоyi hаyvоnlаrning xаrаktеr - xususiyati, ulаrning o‘zаrо vа оdаmlаr bilаn bo‘lgаn munоsаbаti hikоya qilinаdi. Bir turkum ertаklаrdа u yoki bu hаyvоnlаr tоtеm shаklidа – оilа, urug‘, qаbilаning аsоschisi vа hоmiysi sifаtidа hikоya qilinаdi. Laylak, arslon, tulki, yo‘lbars, echki, bo‘ri, ilon kabi personajlar bilan kishilar – cho‘pon, dehqon, yilqichi, yo‘lovchi, boy, podsho kabilar ertak qahramonlari bo‘lib, voqelik insonlarga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi. Оdаm uchun ko‘prоq fоydа kеltirgаn uy hаyvоnlаri ijоbiy, yovvоyi hаyvоnlаr esа sаlbiy pеrsоnаjgа аylаnаdi. Hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаrning bir qismi o‘z mа’nоsini yo‘qоtib, ko‘chmа mа’nо kаsb etib – mаjоziy ertаklаrgа аylаndi, ya’ni bа’zi qo‘y, buzоq vа echki singаri hаyvоnlаr оrqаli tаdbirkоr kishilаr, bo‘ri, tulki оrqаli оchko‘z, yovuz, аldаmchi, mаkkоr kishilаr оbrаzlаri aks ettirila bоshlаndi. Bu singari ertаklаr ibrаtоmuz g‘оya vа tа’limiy vazifasi bilаn аlоhidа аhаmiyat kаsb etаdi.



Download 40.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling