Ertaklarning hajmi qisqa


Download 19.65 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1647270
Bog'liq
21 BILET


21 BILET
1.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o‘qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘ladi. Avval eslatib o‘tganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do‘stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq to‘g‘risida bo‘lishi foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bu davr bolalariga «Chivinboy», «Qizg‘anchiq it», «Tuyaqush bilan qoplon», «Maqtanchoq quyon», «Rostgo‘y bola», «Arilarning g‘azabi», «Tulki bilan turna», «Sholg‘om», «Qumursqa», «Kaptar sovg‘asi» kabi ertaklarni o‘qib berish foydalidir.
Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar. Avval ta’kidlab o‘tganimizdek, bu davr bolalari maktabga o‘zlari mustaqil boradigan, ozmi-ko‘pmi kitoblar o‘qiydigan darajada bo‘ladilar. Bu davr bolalariga o‘qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko‘p qismi ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o‘qish haqida bo‘lishi talab etiladi. «Zumrad va Qimmat», «Oltin tarvuz», «Dehqon bilan ayiq», «Non va tilla» (arab xalq ertagi), «Haqqush» (tojik xalq ertagi), «Danak» (qirg‘iz xalq ertagi), «Qizg‘anchiq Pak» (koreys xalq ertagi), «Kuchuk va topqirlik» (latish xalq ertagi), «O‘tinchi yigit», «Bo‘ri bilan echki» singari asarlar kichik maktab yoshidagi bolalar sevib o‘qiydigan ertaklardir.
2.
Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar. Avval ta’kidlab o`tganimizdek, bu davr bolalari maktabga boradigan, o`zlari mustaqil ravishda ozmi-ko`pmi kitoblar o`qiydigan darajada bo`ladilar. Bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko`p qismini ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o`qish haqida bo`lishi talab etiladi. “Zumrad bilan Qimmat”, “Oltin tarvuz”, “Dehqon bilan ayiq”, “Non va tilla” (arab xalq ertagi), “Haqqush” (tojik xalq ertagi), “Danak” (qirg`iz xalq ertagi), “Qizg`anchiq Pak” (koreys xalq ertagi), “Kuch va topqirlik” (latish xalq ertagi), “O`tinchi yigit”, “Bo`ri bilan echki” singari ertaklar kichik maktab yoshidagi bolalar sevib o`qiydigan ertaklardir.
Bu yoshdagi bolalarga ko`proq ig`vo, g`iybat, munofiqlikdan yiroq bo`lgan ertaklar yoqadi. Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga hech bir ozor etkazmasligini, takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko`zi bilan qaramasligini, rostgo`y bo`lishini kitobxonlar avvalgi davr bolalar kitobxonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Demak, o`zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatlikular yuzli, shirin so`zli va xushmuomala bo`ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig`vo, g`iybat munofiqlikdan o`zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o`zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug`laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-oqibatli bo`ladi. Yomon yo`llardan, yaramas ishlardan, nojo`ya harakatlardan o`zini saqlaydi. Mana shularga o`xshash go`zal xislatli bolalarni el sevadi, e’zozlaydi. “Zumrad bilan Qimmat” ertagidagi Zumrad xuddi shunday hislatli obrazlardan biridir.
3.
O'rta va katta yoshdagi bolalarga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklar. Maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar yuqorida ko`rib o`tganimizdek hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo`lishidan tashqari rasm va bo`yoqlar bilan boy bo`lishini ham ta’kidlab o`tgan edik. Bu ikki guruh kitobxonligidagi ertaklar vositasida kichkintoylarga tabiat, ona-Vatan, hayvonot olami haqida to`g`ri so`zli, odobli bo`lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash singari masalalar ularning ong-tushunchalariga etkazilishini eslatib o`tmasak ham bo`ladi.
Endilikda bu davr bolalariga o`qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning katta-ko`pchiligi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo`lish, xalq va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi ertaklardan iborat bo`ladi. “Pahlavon Rustam”, “Birlashgan o`zar”, “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Ona yer farzandi», “Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo`lgani” (turk xalq ertagi), “Ilon terisini yopingan pahlavon” (no`g`ay xalq ertagi), “Donishmand qiz” (xitoy xalq ertagi), “Qadrdon uyingning mixi” (shved xalq ertagi), “Chollar, ho`kizlar, bo`rka va pop” (gruzin xalq ertagi) singari ertaklarni o`qish uchun tavsiya etish mumkin.
Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling