Ertalabki gimnastikani o’tkazish sharoiti
Ertalabki gimnastika darcha, derazalari ochiq toza xonalarda yoki hovlidagi toza maysazor yohud tuproqli maydonchada o’tkaziladi.
Statsionar gruppa bolalari ertalabki gimnastikaga trusi va shippakchalarda chiqadilar. Uydan keladigan bolalar ham kiyinib oladilar. Bunday tartib yil davomida organizmni bora-bora sovuq temperaturaga o’rgatadi va ertalabki gimnastika chiniqish muolajasi — havo vannasi ahamiyatini kasb etadi.
Agar ertalabki gimnastika kuzgi-qishqi mavsumda ochiq havoda o’tkazilsa, bolalar maxsus kostyumlar kiyadilar, gimnastikadan so’ng suv muolajasini qabul qiladilar.
Derazalari ochiq zalda (kuz va qishda) yoki ochiq havoga chiqqanda gimnastika qisqa muddatli, yugurishga o’tiladigan yurishdan boshlanadi. U Organizmda issiqlik hosil qyladi. Yurak, o’pka faoliyatini kuchaytiradi, vegetativ nerv sistemasi funktsiyasini aktivlashtiradi. Yurishdan asta-sekin intensiv, tez surhatdagi yugurishga o’tilib, keyin sekinlashiladi va bolalar doyra yoki kolonna bo’lib qayta saflanadilar.
Katta miqdorda kislorod talab etuvchi muskul ishi jarayonida nafas olish chuqurlashadi va organizmda issiqlik kuchayadi va sovish xavfi yo’qoladi. Muntazam takrorlanganda issiqlik regulyatsiyasi takomillashadi va sovuq temperaturaga nisbatan ko’nikma hosil qilinadi. Bolalar junjikmaydigan va sovuqdan qo’rqmaydigan bo’ladilar, ularning nerv sistemasi mustahkamlanadi, ochiq havoda ishtiyoq bilan shug’ullanadilar. Emotsionalijobiy munosabatni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar natijasida bolalar «Biz fizkulg’turachilarmiz!» deydigan bo’ladilar.
Sovuq havoda kompleksga kiruvchi barcha mashqlar juda katta suratda beriladi. Bu organizmda tezroq issiqlik hosil qilish va bolalarda ijobiy emotsiyalarning vujudga kelishi uchun zarurdir hamda teri haroratining tiklanishiga yordam beruvchi issiqlik regulyatsiyaning fiziologik jarayoniga tahsir qiladi.
Начало формы
Do'stlaringiz bilan baham: |