Ёш авлодни интеллектуал қобилиятларини шакллантиришда рақамли технологиялар ўрни ва аҳамияти


Download 5.95 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi5.95 Kb.
#1416412
Bog'liq
Мақола УзМуга


ЁШ АВЛОДНИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ҚОБИЛИЯТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ

Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlarga davlatimizning rivoji va kelajagining mustahkam asosi sifatida jiddiy e’tibor bilan qaralmoqda. Davlatning kelajagi va ravnaqi unda kamol topayotgan yosh avlodning intellektual salohiyati va har jabhadagi faolliklari, yutuqlariga bog‘liq.


Yosh avlodning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning har bir sohada amalga oshiradigan faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yigit-qizlarning ijtimoiy-siyosiy salohiyati, huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish jamiyatimizda amalaga oshirilayotgan islohotlar davlat siyosati darajasida ekanligini namoyon etadi. Ilm-fan, san’at, madaniyat, sport, adabiyot kabi ko‘plab sohalarda yosh iste’dodlarni aniqlash, iqtidorli bolalarni tanlab olish va o‘qitish, salohiyatini yanada yuksaltirish tizimini tashkil qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual imkoniyatlarini namoyon etishga yordam beruvchi maxsus ko‘p tarmoqli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar sifatini oshirish zarurati bugungi rivojlanish asrining asosiy talablaridan biriga aylanmoqda. Iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, iste’dodli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni har tomonlama yetuk va intellektual barkamol avlod qilib shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ham o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kunda pedagog va psixolog olimlar tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida qobiliyatlarning shakllanishiga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan Ular iqtidorli bolalarni aniqlash hamda ulardagi qobiliyatni shakillantirish, har bir shaxs qobiliyatini namoyon bo‘lishiga ko‘ra tavsiflanishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Shunga ko‘ra, qobiliyatlar faqat faoliyat natijasida namoyon bo‘luvchi, ijtimoiy muhit omillarining ta’siri natijasida shaxsiy layoqatlarning kamol topishi bilan belgilanadi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi, ya’ni, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.
Download 5.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling