14
14. V.Karimova. Psixologiya. Toshkent. 2000.
15. Kon I.S. Psixologiya yunosheskogo vozrasta. M.: 1979
16. Mudrik A.V. O vospitanii starsheklassnikov. M.: 1981
17. Klimov E.A. Put` v professiyu. Leningrad: 1980
Zaxarova A.V. Psixologiya obucheniya starsheklassnikov
Mavzu: Maktabgacha yosh davrida psixik
rivojlanish xususiyatlari
R E J A :
1. Go’daklik yoshining psixik taraqqiyoti.
2. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish.
3. Maktabgacha yosh davrda psixik taraqqiyot.
4. Bolaning maktab ta`limiga psixologik tayyorligi muammosi.
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Predmetli faoliyat – ilk bolalik davrida
etakchi faoliyat turi bulib,
bola atrofidagi
predmetlarning ijtimoiy mohiyati va funkciyalarini o’zlashtirishdan iborat.
Motivlar ierarxiyasi – Tarbiya sharoitiga qarab turli motivlarning ahamiyatliligiga ko’ra
tabaqalanishi.
Chaqalolik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi.
Unda zarur fiziologik funkciyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan
shartsiz reflekslari,
himoya
refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning
rivojlanishining zarur
sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyaciya
holatiga tushib qolsa,
uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga
va kattalarga nisbatan maxsus emocional harakat paydo bo’ladi. Oyoqi va qo’llari
bilan tipirchilay
boshlaydi. Bu reakciya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi
chaqaloqlik davri
tuguganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: