«Ёш эколог» тўгараги учун ўқув режа ва дастури
Download 117 Kb.
|
Yosh ekolog va tabiatshunos dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: Z.Qarshibayeva
- Taqrizchi: A.M.Jo‘rayeva
- YOSH EKOLOG VA TABIATSHUNOS” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI
- YOSH EKOLOG VA TABIATSHUNOS ” TO‘GARAK O‘QUV REJASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ”YOSH EKOLOG VA TABIATSHUNOS” TO‘GARAGI DASTURI TOSHKENT-2022
Ushbu o‘quv dastur Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2021-yil 23-iyuldagi 1-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi. “YOSH EKOLOG VA TABIATSHUNOS” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI KIRISH Bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy ko‘rsatib berish orqali o‘quvchilar tabiatga yehtiyotkorana munosabatda bo‘lish, insonning tabiatga keltiradigan zararini minimallashtirish va yer resurslarini kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan turli ko‘nikmalarini olgan holda atrof-muhit bilan hamohang yosh avlodni tarbiyalashdir. To‘garakning maqsadi-yoshlarda ekologik ongni shakillantirish, bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etish, sanitariya-gigiyena malakalarini rivojlantirish, oila va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ularni faol pozitsiyani egallashga o‘rgatish. To‘garakning asosiy vazifalari–bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy ko‘rsatib berish orqali o‘quvchilar tabiatga ehtiyotkorana munosabatda bo‘lish, insonning tabiatga keltiradigan zararini minimallashtirish va yer resurslarini kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan turli ko‘nikmalarini olgan holda atrof-muhit bilan hamohang yosh avlodni tarbiyalashdir. Zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallardan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, nazariy bilimlar amaliyot bilan bog‘lab olib boriladi. To‘garak a’zolarining yosh fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda interfaol usullarda darslar tashkil etiladi. To‘garak mashg‘ulotlari 7-14 yoshdagi to‘garak a’zolari uchun mo‘ljallagan. Ushbu o‘quv dasturida berilgan mavzular va mavzuga oid soatlar miqdori (216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. “YOSH EKOLOG VA TABIATSHUNOS ” TO‘GARAK O‘QUV REJASI
Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling