Tasdiqlayman” Qorovulbozor tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi direktori R. Mirzaуev


Download 14.42 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi14.42 Kb.
#1311560
Bog'liq
йиғилиш баён 13.10.2022 (2) вава



TASDIQLAYMAN”
Qorovulbozor tuman Aholi
bandligiga ko'maklashish
markazi direktori
_______________R.Mirzaуev
_____” oktyabr 2022 yil


Qorovulbozor tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazida o'tkazilgan yig'ilish
B A YО N I____

“____” __________ 2022 yil Qorovulbozor shahri




Raislik qiluvchi: R.Mirzaуev -markaz direktori


Qatnashdilar: Qorovulbozor tuman Aholi bandligiga ko'maklashish
markazi xodimlari

K U N T A R T I B I


Aholi bandligiga ko’maklashish markazida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish va “Markazda ish yuritish va ijro intizomini mustahkamlash to'g'risida
__________________________________________________________________
(R.Mirzaуev,H.G'aniyev, S.Karimov, G.Nurullayeva, D.Salimova, O.Shamsiyeva, N.Djaxonova, N.Andayeva, B.Narziyev, R.Mirzayev. )

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan markaz direktor o’rinbosari H,G’aniyev kirish so'zlari bilan ochdi.


Markaz direktor o’rinbosari H.G’aniyev o'z so'zida, hozirgi kunda markazga kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida samarali va ijobiy hal etilishi, markaz xodimlari tomonidan fuqarolar bilan suxbatlashilganda muomila madaniyatiga rioya etilishi, O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni talablari asosida ishlash to’g’risida aytib o’tildi.
Markazda murojaat etuvchi jismoniy shaxslar yuridik shaxslarning vakillarning huquqiy munosabatlari to'g'ri yo'lga qo'yilishini ta'minlash, markaz xodimlarining malakasini yuqori darajada ko'tarish bo'yicha bosh boshqarma tavsiyalari asosida ishlarni yo'lga qo'yish, haftada bir marotaba o’quv tashkillashtirib markazdagi ishchi xodimlarning malakasini oshirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon, Farmoyishlari bilan tanishtirilishi ta’kidlab o’tildi.
Shu bilan birgalikda, markaz ijro mutahassisi G.Nurulloyeva tomonidan O’zbekiston Respublikasining 445-sonli Qonuni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” to’g’risida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi. Fuqarolarni murojaatlari bilan ishlashda o’z vazifalariga vijdonan yondashishlarini, mas’uliyatlarini oshirishini va murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarga qo’pollik, xurmatsizlik, ta’magirlik va shunga o’xshash xodisalarga yo’l qo’ymasliklari qonunda belgilangan tartibda umumiy qoidalarga rioya qilish to’g’risida fikr bildirdi. Murojaatlar bilan ishlash jarayonida o’n besh kun muddat davomida o’rganilib chiqilishi, murojaat ijrosi qay tartibda bo’lishi tushuntirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar tinglanib Qorovulbozor tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazining kengaytirilgan yig'ilish muhokama qilinib,


QAROR QILADI:


1. Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha mas'ullar tomonidan taqdim etilgan axborot ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Markaz direktori o'rinbosari (H.G'aniyev)ga:
Markazda ijro intizomiga rioya qilinishi xodimlarni ish vaqti o'z vaqtida kelib ketish davomatini nazorat qilish, yuqori tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarga javob yo'llanishda muddatini tekshirib, o'z muddatida bajarmagan xodimlarga nisbatan qat'iy chora qo'llash bo'yicha markaz direktoriga bildirgi kiritib borish topshirilsin.
3. Davlat mehnat huquq inspektori bo’yicha mas’ul xodim (Sh.Shokirov)ga
-YAMMT bo’yicha qonun ijrosini ta’minlash topshirilsin.
4. Sho'ba mudiri (S.Karimov)ga;
- Qorovulbozor tuman bo'yicha bo'sh ish o'rinlari yaratib, doimiy bo'sh ish o'rinlarini to'ldirib “micros uz” sayti orqali milliy vakantsiyalar bazasini to'ldirib o'z vaqtida yangilab borilishini ta'minlansin:
5. Ushbu yig'ilish bayoni ijrosini nazorat qilish markaz direktor o'rinbosari H.G'aniyev zimmasiga yuklatilsin.
Yig'ilish kotibi: G.Nurullayeva
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling