«Ёш эколог» тўгараги учун ўқув режа ва дастури
Download 117 Kb.
|
Yosh ekolog va tabiatshunos dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq nazorat ishi 3 3
- Yakuniy nazorat ishi 3 3
- 1.Kirish. To‘garakning maqsad va vazifalari.
- 2. Ekologiya fanining asosiy bo‘limlari.
- 3.Ekologik omillar va ularning tasnifi.
- 4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri.
- Amaliy mashg‘ulot
- 6.Chuchuk suv va uning ifloslanish manbalari. Ifloslangan suvni tozalash yo‘llarini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulot
1.Kirish. To‘garakning maqsad va vazifalari. Tabiat deganda yer, o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot olami, iqlim, yer sharida inson yashaydigan tabiiy sharoit va muhit tushuniladi. Inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Tabiat inson uchun hayot muhiti va yashash uchun xomashyo va boshqalarning yagona manbayidir. 2. Ekologiya fanining asosiy bo‘limlari. O‘z vaqtida E.Gekkel qayd qilib o‘tganidek, ekologiya faqat o‘simlik va hayvonlarni emas, balki butun tirik organizmlarni, ularning o‘lib ketgan ajdodlarini bir xil darajada o‘rganadi. Amaliy mashg‘ulot: Hozirgi zamon ekologiyasi. Inson tomonidan ekologiyaga yetkazilayot zararlarni kuzatish va ularni oldini olish uchun ko`rilayotgan chora tadbirlar. 3.Ekologik omillar va ularning tasnifi. Muhit organizmning fizik qobig‘i hisoblanib, har qanday muhit fizik, kimyoviy va boshqa omillarning majmuyi bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Shunday qilib, ekologik omilni tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan har qanday muhitning shart-sharoiti deb qarash kerak. Amaliy mashg‘ulot: O‘quvchilar bino ichini aylanib, ekologik hodisalar vujudga kelganda qanday va qayerda himoyalanish mumkin yo‘llarini izlab topadilar. O‘quv maydonchasini ko‘zdan kechirib, ekologik halokatlar sodir bo‘lganda bino tashqarisida bo‘lganda nimalar qilish kerakligini, hodisalar paytida o‘zini qanday tutish kerakligini mashq qilishadi. 4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri. Ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo‘lar ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulot: Ekologik omillarning tirik organizm(o‘simlik, hayvon)ga ta’sirini kuzatish. 5.Suvning kimyoviy va biologik xususiyatlari. Suv qayerdan kelib chiqadi? Tabiatda suv aylanish jarayoni. Suvning tarkibi va uning tozaligi. Amaliy mashg‘ulot: Turli xil ko‘rgazmali materiallar va maket orqali o‘quvchilarga tabiatda suv aylanish jarayoni amalda ko‘rsatish. O‘zbekiston xaritasidan foydalanib suv tarqalish joylarini, chuchuk suv muammoli bo‘lgan joylarni o‘rganib chiqish. Ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablarni o‘rganish. 6.Chuchuk suv va uning ifloslanish manbalari. Ifloslangan suvni tozalash yo‘llarini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulot: O‘quv binosi va turar joy atrofidagi suv mavjud bo‘lgan joylarni kuzatish. U yerlardagi suvlarning ifloslanish sabablarini aniqlash va ifloslanishni oldini olish uchun chora tadbirlar ko‘rish. 7.Dengiz va okeanlar ekologik muammosi. Dunyo dengizlari-biosferani me’yorlashtiruvchi eng muhim manbalaridan biri. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari mavjuddir Dengiz va daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km3. Dengizning atmosfera bilan o‘zaro ta’siri Yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga kata ta’sir ko‘rsatadi. Okean va dengizning bir birdan farqi. Dengizlarning joylashishlarini o‘rganish. Amaliy mashg‘ulot: Dunyo xaritasi yordamida dengiz va okeanlarning joylashuvini aniqlash. Dengizlardagi va okeandagi suv nima sababdan ifloslanadi? Ushbu ifloslanish qanday muammolarni keltirib chiqadi? Dengiz va okeanlarning ifloslanishi nima uchun ekologik muammo deb sanaladi? Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling