Eshitildi: 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari


Download 49.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1545956
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdullohga


4-masala. Magistrantlarning malakaviy amaliyot faoliyati bo‘yicha xisoboti.
Eshitildi: 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari:

  • Sh.Ziyayeva: 11.09.2021-yil kuni kafedra o’qituvchisi U.Maqsudovning “Ped-psixologiya” yo’nalishi 19.24 guruh talabalariga Pedagogik konfliktologiya fanidan “Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar, shaxs toifalari va ularning hislatlari“mavzusida olib borilgan amaliy mashg’ulotida qatnashdim.

24.09.2021-yil kuni kafedra o’qituvchisi M.Karimovaning “O’zbek tili” yo’nalishi 19.84a guruh talabalariga Umumiy pedagogika fanidan “Ta’lim metod va vositalari“ mavzusida olib borilgan seminar mashg’ulotida qatnashdim. 25.09.2021-yil kuni kafedra o’qituvchisi U.Maqsudovning “Ped-psixologiya” yo’nalishi 19.24-guruh talabalariga Pedagogik konfliktologiya fanidan “Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar, shaxs toifalari va ularning hislatlari“ mavzusida olib borilgan amaliy mashg’ulotida qatnashdim.
Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi ilmiy rahbar T.Egamberdiyeva maslahatlari bilan yakunlandi.
Dars va amaliyotdan bo’sh vaqtlarimda Universitet ARM ga borib o’z ustimda ishlash uchun qo’shimcha adabiyotlar bilan ishladim.
N.Daliyeva: 2021-yil sentabr oyi davomida dars jadvali asosida dars mashg’ulotlarida ishtirok etdim. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”, “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”, “Oliy maktab pedagogikasi” fanlaridan nazariy bilimlar oldim. Bu fanlar bo’yicha o’quv topshiriqlari, fanlar bo’yicha mustaqil ta’lim, mustaqil ish mavzulari bilan tanishdim.
Magistrlik ishi dissertatsiya rahbari H.M.Tojiboyeva bilan birgalikda dissertatsiya mavzusi bo’yicha ishning birinchi bobini yakunladik.
Dars va amaliyotdan bo’sh vaqtlarimda Universitet ARMga borib o’z ustimda ishlash uchun avto referatlardan foydalandim. Pedagogika sohasida bo’layotgan ilmiy izlanishlar, yangiliklarni o’rgandim.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling