Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda huquqiy immunitetni shakllantirish usullari


Download 47 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi47 Kb.
#1334681
  1   2
Bog'liq
ESHITISHIDA NUQSONI


ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARDA HUQUQIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Saitova Muattar Ulug'bek qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-bosqich magistri
Annotatsiya: Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning jamiyatda o’z o’rnini topishi va o’z huquqini bilishi to’g’risida fikr va mulohazalar yuritilgan. Bundan tashqari maqolada eshitishida nuqsoni bor bolalarga qisqacha tavsif berilgan va ularning huquqiy immunitetini oshirish chora tadbirlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
KIRISH
Psixofizik rivojlananishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi maxsus ta'limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi har qanday nuqson uning umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib, boshqa kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Eshitish analizatorining buzilishi nutqning va bolaning umumiy rivojlanishida sezilarli buzilishlarga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga davlat va jamiyat qo'yayotgan maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalaridan biri- bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda, bolaning imkoniyatlarini ochish va rivojlantirish, uning tug‘ma qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar bugungi kunda yangi sharoitlarga tez moslashishni talab qiladi.
O‘zbekiston bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qilgan hamda BMTning bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan Milliy harakat dasturini qabul qilgan davlat sifatida har bir bolaning tug‘ilgan onidan boshlab oila muhitida tarbiyalanishi, uning salomatligi, aqliy va jismoniy kamoloti uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilishi davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini amalda ta’minlashga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu ma’noda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi ana shu e’tibor va g‘amxo’rlikning yana bir amaliy ifodasidir.1
Eshitishning buzilishi eshitish nuqsoni bo‘lgan bolalarda tafakkur rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ammo intellekti har qanday yoshda saqlanib qoladi. Demak, kar bolaning potentsial imkoniyatlari eshitishi me`yorda bo‘lgan bola bilan bir xil. Bu imkoniyatlarni amalga oshirishga faqat bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan cheklanib qolmasdan, nafaqat eshitish va nutqni rivojlantirishga, balki umuman butun bilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan o‘quv jarayonida erishiladi. L.S. Vigotskiyning fikricha- "Jamiyatdagi karlik muammosi - ijtimoiy muammo"dir.2

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling