Eshmurodova laylo shuxrat qizining


Xorijiy innovatsiyalarning shakl va turlari


Download 1.21 Mb.
bet3/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1022154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni LAYLO

Xorijiy innovatsiyalarning shakl va turlari
2.1. Xorijiy innovatsiyalarning turlari
2.2. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar
2.3. Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi
2.4. Investitsiya shartnomalari
Globallashuvda xorij investitsiyalari
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, de’ozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan innovatsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Tarkibiy tuzilishiga ko’ra investitsiyalar yal’i va sof investitsiyalarga ajratiladi. Yal’i investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining iste’mol qilingan qismini qo’lash hamda ularni qo’shimcha o’sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg’armalari va aholi mablag’lari qo’yilmalaridir. Boshqacha so’z bilan aytganda, yal’i investitsiyalar o’z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni qo’shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yal’i investitsiyalardan amortizatsiya ajratiladi. Yal’i investitsiyalar va amortizatsiya o’rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya’ni yuksalish, yo turg’unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yal’i investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya’ni sof investitsiya yuqori bo’lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo’ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o’sadi. Yal’i investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo’lgan chog’da iqtisodiyotda barqarorlik holati vujudga kelishi mumkin. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nolga barobar va iqtisodiyot shu yilda qancha kapital iste’mol qilgan bo’lsa, uni qo’lash uchun shuncha ishlab chiqarish kerak bo’ladi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling