Eski maktab qissasi


Download 20.09 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.09 Kb.
#1623464
Bog'liq
Eski maktab qissasi


,,Eski maktab” qissasi

Eski maktab qissasida Sadriddin Ayniyning hayoti haqida gap boradi. Sadriddin Ayniy 6 yoshidan maktabga chiqadi. Savodsiz bo’lgan bo’ladi va 4 yoshda maktabda chiqadigan payti maktabga chiqmasdan 6 yoshdan kiradi. Sadriddin Ayniyning otasi o’sha paytda savodli, ziyoli kishilardan bo’lib, do’kondor bo’lib faoliyat yuritadi. Otasi uni bitta domla qo’liga beradi, u domla sudxo’r, poraxorga o’xshagan bo’ladi. Shunday qilib birinchi kuni otasi o’g’lini maktabga o’zi olib boradi va domlasi qo’liga topshirganidan so’ng, ota muallimni kuzatadi, dars o’tish jarayonida jim o’tirmagan, to’palon qilgan bolalarni urgan bo’ladi. Domlani o’quvchilarini jazolaydigan, tutdan tayyorlangan uzun tayog’i bo’lib, u tayoq shunaqa uzun bo’ladiki, domla o’tirgan joyidan sinf xonaning har burchagiga, bira to’la qatorda o’tirgan 5 6ta bolani ham urishga yetar edi. Asarda xona bola tilidan quyidagicha tasvirlangan edi: men maktabga bordim, maktab bizning uyimiz kabi keng, to’rt eshikli, yorug’ va tinch bo’lmay, torgina bir xonadan ya’ni hujradan iborat edi. Uning ikki eshigi bor bo’lib, biri bir tavaqali va bu eshik ko’pincha yopiq(qulf) turar edi. Ikkinchi eshigi darcha bo’lib, 3 gaz bo’yi va yarim gaz eni bor. Bu darchaning oldi maktabdorning o’tiradigan joyi edi. Darchalarga esa, parda qilingan (derazasi qog’oz bilan qoplangan) qog’ozga esa qor, yomg’irning ho’llab yirtib yubormasligi uchun zig’ir moyi surtilgan, bu moyli qog’oz ko’chaning chang va tuprog’ini o’ziga ola berib, qozonsochiq kabi qop-qora kirlaning ketgan edi, agar yanglishmasam, domlaning tug’ilganidan beri sovun yuzini ko’rmagan, benixoya kirlanib ketgan basharasiga o’xshar edi. Shuningdek, maktabning haligi aytganim, derazasidan darsxonaga hech bir yorug’lik kirmas edi. Hujraning shipi tagidan devorning shipiga yaqinlashtirilgan joyidan ikki tomonda ham bir-biriga ro’parama-ro’para qilib ochilan ikki tuynukcha bo’lsa ham, bulardan kiradigan yorug’lik pastga tushmasdan, hujraning devorlarida qolar edi. Bu hujraning kengligi o’n olti gaz murabba(kvadrat) edi, uning ichida bir-birining ustidan o’tkazilib to’rtta sinch tortilgan va bu bilan hujra to’qqiz bo’lakka bo’lingan, go’yo maktabxonaning ichida to’qqiz oxur paydo bo’lgan edi.


Domlaning halfasi ya’ni shogirdi bo’ladi. Domla boshqa ishlari bilan mashg’ul bo’lgan vaqtda halfa bolalarga qarab turadu, domlasi uni o’qitib tur deya chiqib ketadi. Vaqtlar o’tib domlaning sinfi “Abjat” ilmini o’rganish bosqichiga keladi. Bu vaqtda Ayniy birinchi domlasiga qatnamay qo’yadi, chunki u domla harflarni bittadan mana bu bundfay harf deya tushintirib bermasdan faqatgina yod olgizar edi. “Alif, be, te, se” deb o’qi der edi lekin bolalar qaysi harf “alif” qaysi harf “be” ekanligini bilmas edilar. Kitobda shu harfni ko’rsat deyilsa ko’sata olmas chunki bolalar faqat harflarning ko’rinishigina yodlab olgan edilarda. Bir kuni otasi buni bilib qoladida, men seni savodli bo’lgin deb savodli ustozga bermoqchi edim sen esa harf tanimayaosanku deb uni Otinoyi oldiga oboradi. U Otinoyi esa faqatgina qizlarni o’qitar edi xolos. U xotinni Ayniyni qizlarga qo’shib o’qitish uchun bir tovoq shirguruch va pulga rozi qilishadi. Otinoyinikida o’qish boshlaydi, qizlar ustozinikda uy o’qish bilan birgalikda ustozini ishlarini ham qilishga yordamlashar edilar va otinoyi domlaga qaraganda yaxshi bilim beradi deb tavsiblab ketadi. Qizlar qo’girchoqlar tikishar edi. Ayniyga esa o’g’il bola qo’g’irchoq berilar edi. Qizlar Ayniyni qo’g’irchog’ini kuyov qilib o’ynashar har ko’yga solishar edi. Bir kun unga sherik bo’lib yana bir bola keladi.
Abjat ilmiga kelgan Ayniy yana pastlaydi. Buni ko’rgan otasi shomdan huftongacha vaqt oralig’ida o’g’liga ushbu ilmni o’rgata boshlaydi. Ayniyning hayotida otasining o’rni judayam katta rol o’ynaydi. Chunki, otasi juda ham ziyoli, o’qimishli inson edi.
Ayniy mulla bilan ham ilm yuzasidan kurashib o’zidan ancha yosh bo’lgan insonni ham yutib chiqadi.
Xullas uning hayotida otasi borligi uning uchun katta omadi. Buni o’zi ham aytadi “men hayotda shunday bo’lishimga otam sababchi” deydi. Bu asar menda yaxshi ham emas yomon ham emas, iliq taassurot qoldirdi. Boshqalarga ham ushbu qissani o’qishlarini tavsiya qilgan bo’lar edim.

Afzalliklari

Kamchiliklari

Yaxshi bilim olganligi.

Ma’sulyatsiz bo’lish (o’qituvchi o’quvchilariga nisbatan, otasi boshidanoq farzandiga e’tibor qilmaganligi.

Bolaning muallimlarini hurmat qilishi.

Po’raxorlik.

O’z bilimi bilan o’zidan kattani ham mot qilgani.

Jazolarning o’g’irligi, ayamay urilishi.




O’qituvchining to’g’ri ta’lim bermaganligi.

Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling