Eski maydonlardagi neftli qatlamlarni oxirigacha ishlatish, burg’ quduqlarini ta’mirlash va kam debitli quduqlar fondidan foydalanish reja
Qoldiq neftni chiqarib olishning boshqa metodlari
Download 22,51 Kb.
|
11-Ma\'ruza
Qoldiq neftni chiqarib olishning boshqa metodlari
4 (AQSh) Loko neft konida qatlamdagi neftni yer ostida yondirish metodi muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilgan. Bunda qatlam nefti juda ham qovushqoq (sekundiga yuz va hattoki ming millipaskal) bo’lgan. Neftning 15% yonib, koksga aylangan, qolgan 85%i tashqariga chiqarib olingan. Pavlov Tog’i konida (Krasnodar o’lkasi) neft uyumiga issiqlik bilan ta’sir etish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bundan qatlam ichra harakatlanuvchi yonish o’chog’idan foydalanilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, haydash quduqlari tubida elektr isitgich yordamida yonish o’chog’i barpo etiladi. Yonish o’chog’i hosil qilingandan so’ng, uni bir me’yorda saqlab turish uchun unga kislorod bilan boyitilgan havo haydaladi.
Tajribadan ma’lumki, neft 150-315oS atrofida alangalanadi. YOnish frontining yuqori temperaturasi ta’sirida neftning bir qismi yonadi (qariyb 15%), gazning hajmi esa 300 martagacha ko’payib ketadi. Natijada qatlamda yuqori bosim hosil bo’ladi va uning ta’sirida yonadigan mahsulotlar bilan birgalikda neftning bir qismi ishlatish quduqlaridan tashqariga chiqarib olinadi. Qatlamda hosil bo’lgan kokssimon qoldiq esa yonib ketadi.
Download 22,51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling