Neft olishning jadalllashtirish metodlari
2
Nefti tugayotgan uyumlarga maydoniy suv bostirishda quduqlarni joylashtirishni quyidagi ikki xil sxemasi qo’llaniladi: Nefti tugayotgan uyumlarga maydoniy suv bostirishda quduqlarni joylashtirishni quyidagi ikki xil sxemasi qo’llaniladi: - a) haydash quduqlari chiziqli batareyalar ko’rinishida, ishlatish quduqlari esa haydash quduqlari qatoriga paralllel qilib joylashtiriladi. Ishlatish quduqlarining suvlanish darajasi ortib borgan sari ular haydash quduqlari sifatida ishlatiladi, ularning old qismida ishlatish quduqlarining yangi qatori burg’ilanadi; shunday qilib, ishlatish quduqlarining birinchi qatoridan ikkinchi qatori tomon suv muntazam ravishda siljib boradi (11.1-rasm).
- b) haydash quduqlari qatlam maydoni bo’ylab ishlatish quduqlari oralig’ida bir me’yorda joylashtiriladi. Quduqlarni joylashtirishning besh nuqtali va etti nuqtali sistemasi eng ko’p tarqalgan
11.1-rasm. Qatlamga shiziqli suv bostirish sxemasi. 11.1-rasm. Qatlamga shiziqli suv bostirish sxemasi. 2 – haydash quduqlari; 3 – haydash quduqlari sifatida ishlatilayotgan ishlatish quduqlari Quduqlarni joylashtirishning besh nuqtali sistemasida haydash quduqlari kvadratning tomonlari bo’ylab, ishlatish quduqlari esa kvadratning markazida joylashadi; etti nuqtali sistemada haydash quduqlari oltiburchaklarning burchaklarida, ishlatish quduqlari esa ularning markaziga o’rnatiladi. - Quduqlarni joylashtirishning besh nuqtali sistemasida haydash quduqlari kvadratning tomonlari bo’ylab, ishlatish quduqlari esa kvadratning markazida joylashadi; etti nuqtali sistemada haydash quduqlari oltiburchaklarning burchaklarida, ishlatish quduqlari esa ularning markaziga o’rnatiladi.
- Shunday qilib, quduqlarni besh nuqtali joylashtirish sxemasida haydash va ishlatish quduqlarining nisbati 1:1 ga; etti nuqtali (aslida uchburchakli) sistemasida esa 2:1 ga teng. Haydash va ishlatish quduqlarini shu tartibda joylashtirish uyumga haydalayotgan suvni bir me’yorda va uyumning hamma joyiga nisbatan bir xilda ta’sir etishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |