Eski maydonlardagi neftli qatlamlarni oxirigacha ishlatish, burg’ quduqlarini ta’mirlash va kam debitli quduqlar fondidan foydalanish reja


Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinadi


Download 22.51 Kb.
bet2/9
Sana30.01.2024
Hajmi22.51 Kb.
#1816924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-Ma\'ruza

Eski maydonlardagi neftli qatlamlarni oxirigacha ishlatish
1

Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinadi:

  • Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinadi:
  • 1) qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish mumkinligi va zarurligini inobatga olish;
  • 2) qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi quduqni burg’ilash;
  • 3) bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha ishlatilishini hisobga olish;
  • 4) yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish;
  • 5) quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini oshirish maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak.

Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:

Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:

1) quduqlarda tiqin hosil bo’lishi va ularning muddatidan ilgari suvlanib ishdan chiqishiga qarshi samarali tadbirlar ishlab chiqish orqali ishlatish quduqlarining mavjud fondini saqlab qolish;

2) qatlamni litologik-fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda qatlamga ta’sir etishning loyihalashtirishni maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqib, agar bunday ishlar bajarilmagan bo’lsa, qoldiq neftni chiqarib olish uchun quduqlar to’rini birmuncha zichlashtirish.

Hozirgi vaqtda nefti tugayotgan uyumlardan neft olishning eng ko’p tarqalgan ikkilamchi metodi qatlamga suv bostirish hisoblanadi. Odatda chegara tashqarisiga suv haydash va maydoniy suv haydash o’zaro farqlanadi.

  • Hozirgi vaqtda nefti tugayotgan uyumlardan neft olishning eng ko’p tarqalgan ikkilamchi metodi qatlamga suv bostirish hisoblanadi. Odatda chegara tashqarisiga suv haydash va maydoniy suv haydash o’zaro farqlanadi.
  • Aksariyat hollarda maydoniy suv haydash metodidan foydalaniladi. Bu metodni qo’llaganda qatlamda yetarli miqdorda qoldiq neft bo’lishi kerak. Odatda birlamchi metodlar bilan qatlamdan neftni to’liq siqib chiqarib bo’lmaydi, shu sababli ko’p miqdordagi qoldiq neft qatlamda qolib ketadi.


Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling