Uyumga suv bostirish jarayonini amalga oshirishda quduqlar oralig’idagi masofa 50-200 m atrofida bo’lishi kerak. Bunday masofa jinsning o’tkazuvchanligiga, suv bostirish bosimiga va uyumga haydalayotgan suvning hajmiga bog’liq. - Uyumga suv bostirish jarayonini amalga oshirishda quduqlar oralig’idagi masofa 50-200 m atrofida bo’lishi kerak. Bunday masofa jinsning o’tkazuvchanligiga, suv bostirish bosimiga va uyumga haydalayotgan suvning hajmiga bog’liq.
- O’tkazuvchanligi turlicha bo’lgan qatlamlarga maydoniy suv bostirishda birinchi navbatda haydash quduqlari qazilib, ulardan uyumga suv haydaladi. Qatlamdagi g’ovaklarning bir qismi suvga to’lgandan keyin ishlatish quduqlari qazilib, ishga tushiriladi. Maydoniy suv bostirishda haydalgan suvning umumiy sarfi laboratoriyada tajriba yo’li bilan aniqlanishiga ko’ra quyidagi miqdordan ortib ketmasligi kerak: suv haydashning boshlang’ich davrida 1 t., neftni chiqarib olish uchun 3 m3, yakuniy davrida esa 20 m3/t bo’lishi kerak. Haydalayotgan suvning sarfi 10-15 m3/t bo’lsa mo’’tadil hisoblanadi.
Qatlamga daryo, artizian, qatlam va dengiz suvlari haydaladi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak: - Qatlamga daryo, artizian, qatlam va dengiz suvlari haydaladi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- 1) suvning tarkibida texnik aralashmalar miqdori 1 mg/l dan ortiq bo’lmasligi;
- 2) suvning tarkibida suvo’tlari va mikroorganizmlar bo’lmasligi;
- 3) qatlam sharoitida haydalayotgan suvning barqaror bo’lishi;
- 4) suvning tarkibida oksidlangan temir miqdori 0,5 mg/l dan ortiq bo’lmasligi;
- 5) quvuruzatgichlarning korroziyaga uchratmasligi;
- 6) neft aralashmasining suvdagi miqdori 0,5 mg/l dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Neft qatlamiga gaz (havo) haydash Neft qatlamiga gaz (havo) haydash - Nefti tugayboshlagan neft qatlamlari mahsuldorligini oshirish uchun ularga gaz haydashning maqsadga muvofiqligini I.N. Strijov Rus texnik jamiyati Tersk bo’limining 1902 y. oktyabr oyida o’tkazilgan umumiy majlisida birinchi bo’lib taklif etgan. Birinchi marta bu metod sanoat miqyosida 1903 yilda AQSHning Marietta (Ogayo shtati) shahrida qo’llanilgan.
- Hozirgi vaqtda mazkur metodning asosiy ikki variantidan foydalanilmoqda:
- 1) qatlamning yuqori (bosh) zonasiga gaz (yoki havo) haydash;
- 2) qatlam maydonida bir me’yorda joylashgan haydash quduqlaridan maydon bo’ylab gaz (havo) haydash;
Do'stlaringiz bilan baham: |