Maydon bo’ylab gaz (havo) haydash quyidagi qatlamlar uchun qo’llaniladi: - Maydon bo’ylab gaz (havo) haydash quyidagi qatlamlar uchun qo’llaniladi:
- 1) o’tkazuvchanligi kam qatlamlarga haydash quduqlarining ishlatish quduqlariga bo’lgan ta’sirini orttirish maqsadida;
- 2) gazga kam to’yingan qatlamlarga chekka suvlarning bosimi etarli bo’lmaganda;
- 3) qisman suvlangan qatlamlarga suv bostirish maqsadga muvofiq bo’lmaganda; qo’shimcha olingan 1 t neftga gaz (havo)ning solishtirma sarfining ortib ketishini bartaraf etishda qatlamning suvlanganlik darajasi 60% dan oshmasligi kerak.
Uyumga haydash uchun ishchi omil sifatida havodan ko’ra neftdan ajralib chiqadigan tabiiy gazdan foydalanish ma’qul. Haydaladigan ishchi omilning miqdori tegishlicha qatlamning zaiflashganlik darajasiga bog’liq: jinsning neftga to’yinganligi kam bo’lsa, ishchi omil ko’p miqdorda haydaladi. Neftga to’yinganlik darajasi 45% dan ortiq bo’lmagan, o’rtacha qalinligi 15-20 m bo’lgan qatlamlardan 1 t qo’shimcha neft olish uchun qariyb 3000-4000 m3 gacha gaz sarflanadi. Qatlamning neftga to’yinganligi to’g’risida ma’lumot bo’lmagan taqdirda bitta haydash qudug’iga haydaladigan gazning tajriba yo’li bilan aniqlangan miqdori 2000-5000 m3/sutkaga teng deb belgilanadi; agar gazning g’ovakdagi neft atrofida sirg’alib o’tishi kuzatilmagan bo’lsa, gazning miqdorini ko’paytirish mumkin. - Uyumga haydash uchun ishchi omil sifatida havodan ko’ra neftdan ajralib chiqadigan tabiiy gazdan foydalanish ma’qul. Haydaladigan ishchi omilning miqdori tegishlicha qatlamning zaiflashganlik darajasiga bog’liq: jinsning neftga to’yinganligi kam bo’lsa, ishchi omil ko’p miqdorda haydaladi. Neftga to’yinganlik darajasi 45% dan ortiq bo’lmagan, o’rtacha qalinligi 15-20 m bo’lgan qatlamlardan 1 t qo’shimcha neft olish uchun qariyb 3000-4000 m3 gacha gaz sarflanadi. Qatlamning neftga to’yinganligi to’g’risida ma’lumot bo’lmagan taqdirda bitta haydash qudug’iga haydaladigan gazning tajriba yo’li bilan aniqlangan miqdori 2000-5000 m3/sutkaga teng deb belgilanadi; agar gazning g’ovakdagi neft atrofida sirg’alib o’tishi kuzatilmagan bo’lsa, gazning miqdorini ko’paytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |