Eskiz va ishchi chizma chizish. Mashg‘ulot rejasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Eskiz va ishchi chizma chizish. Mashg‘ulot rejasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eskizni bajarish tartibi.
Mavzu: Eskiz va ishchi chizma chizish. Mashg‘ulot rejasi: 1. Eskizni amaliyotda qo’llanishining zarurligi. 2. Eskizda ko’rinishlar bajarish. 3. Eskizda qirqim va kesimlar bajarish. 4. Delallarning eskizini bajarish. Eskiz Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan, bajarilgan chizma eskiz deb ataladi. Eskizlar detalning ish chizmalarini tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Eskizlar buyumlar va detallarni loyihalashda, remont ishlarida, shuningdek detalning o‘ziga qarab tuziladi. [7] Eskizni bajarish tartibi. Biz quyida detalning o‘ziga qarab eskizini tuzishni ko‘rib chiqamiz. Eskiz tuzishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari balariladi: 1. Detalni sinchiklab ko‘rib chiqiladi va nomi hamda qanday materialdan ishlanganligi aniqlanadi. Bunda eskizi olinadigan detalning mexanizmida yoki mashinada qanday vazifani o‘tashini bilish, uning nomini va qanday materialdan tayyorganligini aniqlashga yordam beradi. 2. Detalning ish holati aniqlanadi. Detalning eskizini chizishda uning mashina qismi sifatida ishni qaysi vaziyatda bajarishi e’tiborga olinishi zarur, chunki detal eskizida huddi shu ish holatida chiziladi. Masalan, ventil, kran, podshipnik va tayanch plitalarning asosiy detallari, albatta ish vaziyatida chizilishi shart. Ayrim detallarning chizmalari esa ularning mashinada ishni qaysi vaziyatda bajarishdan qat’iy nazar qulay o‘qilishini e‘tiborga olgan holda, shuningdek stanokda tayyorlanisi holatida chiziladi. Bunga val shpindel, vint, bolt va boshqalarni chizilishi misol bo‘la oladi. 3. Detalning qanday geometrik sirtlardan tuzilganligi aniqlanadi, detalni shaklini yaxshiroq tushunish uchun uni ayrim qismlarga ajratib o‘rganish foydalidir, ma’lumki har qanday detal geometric sirtlarning, ya‘ni silindr, konus, prizma, piramida, shar va boshqa aylanish sirtlarning yig‘indisidan tashkil topgan bo’ladi. Geometrik sirtlarning soniga, ularning bir-biriga nisbatan qo‘yilishiga va shakliga qarab detallar oddiy va murakkab bo‘ladilar. 4. ГОСТ 2.305-68 ko‘rsatmasiga muvofiq detalning bosh ko‘rinishi, shuningdek zarur bo‘lgan ko‘rinishlar soni aniqlanadi. Detal qarash yo‘nalishi bilan proeksiya tekisligi orasida bo‘ladi. Kuzatuvchining qarash yo‘nalishi detal sirtiga nisbatan to‘gri burchak ostida chizma geometriyaning to‘g‘ri burchakli proektsiyalash metodida yo‘nalgan bo‘ladi. Detalning bosh ko‘rinishi ya’ni oldidan ko‘rinishi uning frontal proektsiyalar tekisligidagi tasviridir. Bosh ko‘rinish detalning shakli, ko‘rinar va ko‘rinmas chiziqlari haqida boshqa ko‘rinishlarga qaraganda ko‘proq ma’lumat beradigan qilib tanlanadi. Eskizda chiziladigan har bir ko‘rinish detalning ma’lum bir tomonidan ko‘rinishiga mos keladi. Ko‘rinishlar hammasi birgalikda uning shakli, tuzilishi va o‘lchamlari haqida to ‘liq ma’lumot bera oladigan bo‘lishi kerak. Ko‘rinishlar soni detalning oddiy yoki murakkabligiga bogliq. Shunga ko‘ra ko‘rinishlarning sonini aniqlashda quyidagi mulohazalarni ko‘zda tutish lozim. Eng kam proeksiyalar sonida detalning tashkil qilgan shakli yahshi tushuniladigan qirqim, kesim va boshqa shartliklarga deyarlik ehtiyoj qolmaydigan qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Buyum ГОСТ 2305-68 ga muvofiq quyidagi oltita asosiy ko‘rinishda tasvirlanishi mumkin. 5. Standart ГОСТ 2301 – 68 bo’yicha format tanlanadi. ГОСТ 2104-68 ko’rsatmasiga muvofiq format ajratilgan listning pastki o’ng burchagiga burchak shtampi (asosiy yozuv) uchun joy ajratiadi, shu listda chiziladigan burchak shtampining formasi va o’lchamlari berilgan. Ajratilgan formatdan togri va unumli foydalanish maqsadida har bir korinish uchun uning uzunligi, eni va balandligiga (gabarit olchamlariga) qarab tortburchaklar chizib, detalning korinishlarini shu tortburchaklar ichiga chizish mumkin.Yuqorida korib o‘tilgan tayyorgarlik ishlari hal qilingandan keyingina eskiz tuzishga kirishiladi. [7] Oldindan korib chiqilgan mulohazalarga asoslanib detalni 3 ta ko‘rinishda toliq korsatish mumkin. Ko‘rinishlar oldindan tayyorlangan formatdagi tortburchaklar ichiga chiziladi. Eskiz chizishni quyidagi 4 bosqichda bajarish mumkin. 1- bosqich: har bir korinishning simmetriya oqi otkaziladi.Detalning korinar kontur chiziqlari xamma korinishlarda ingichka chiziqlar bilan chizib chiqiladi va detal elementlarining oq va markaz chiziqlari chiziladi (Bunda oq va markaz chiziqlari bir yola kerakli yogonlikda, ya’ni s/3 yogonlikda chizish maqsadga muvofiqdir). 2 - bosqich: detalning ichki ko‘rinmas chiziqlari shtrix-punktir chiziqlarda chiziladi. 3 - bosqich: detalga zarur bolgan qirqim va kesimlari beriladi. 4 - bosqich: o’lcham asboblari yordamida detal aniq o’lchanadi, songra o’lchamlar qiymati «mm» hisobida o’lcham chiziqlari ustiga yozib chiqiladi. Keyinchalik ko’rinishlar ustidan qalinlashtirib, tekis qilib chiqiladi. Kerakli yozuvlari yoziladi va burchak shtampi taxt qilinadi. Chizilgan eskizga to’g’ri, aniq va to’liq o’lcham qo’yish alohida ahamiyatga egadir. To’g’ri qo’yilgan o’lcham chizmani sifatini oshiradi. Detalni haqiqiy o’lchamlarini eskizga qo’yishda o’quv sharoitida ishlatiladigan masshtabli lineyka, krontsirkul, nutro’mer, rezbomer, shtangentsirkul va boshqa har hil shablo’nlardan foydalaniladi. O’lcham qo’yishda ГОСТ 2.301-68 da ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilish lozim. O‘z-o‘zini tеkshirish vа bаhоlаsh uchun nаzоrаt sаvоllаri: 1) Eskiz dеb nimаgа аytаmiz? 2) Eskizlаr nimа uchun kеrаk? 3) Eskizlаrning bаjаrish tаrtibi nimаdаn ibоrаt? 4) Ish chizmаning eskizdаn fаrqi nimаdа? 5) Eskizlаrdа mаsshtаb bоrmi? Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling