Mamajonova durdonaxonning


Download 127.5 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1201198
Bog'liq
2 5386829380863404768





ANDIJON VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI QOSHIDAGI
ANDIJON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 15-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHI
MAMAJONOVA DURDONAXONNING
ONA TILI FANIDAN 5-SINFLARDA
O`TKAZGAN BIR SOATLIK




.
Mavzu : Fonetika bo`limi bo`yicha mustahkamlash darsi


Darsning maqsadi:


a) ilmiy maqsad :
ōquvchilarning fonetika bōlimi bōyicha olgani bilimlarini sinash va baholash


b) tarbiyaviy maqsad:
ilmga havas uyg'otish, vatanga VA ona tiliga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi maqsad:
ōquvchilar savodxonligini ōstirish, tafakkurini ōstirish


Darsning jihozi:
darslik, kōrgazmalar,proyektor,kartochkalar


Darsning turi:
ōyin-musobaqa


Darsning uslubi :
noan'anaviy dars


Darsning shiori:
Bilmaganni sōrab ōrgangan olim,
Orlanib sōramagan ōziga zolim.
Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism
2. ”Ma`naviyat daqiqasi”
3. Uy vazifasi tahlili
4. Ōtilgan mavzular bōyicha guruhlar ōrtasida ōyin-musobaqalar ōtkizish
5..Sardorlar bellashuvi
6. Baholash
7.Yakuniy qism


Darsning borishi.
Dars avvalida salomlashiladi,davomat aniqlanadi.Shu kungi tabiatdagi va ob-havodagi o'zgarishlar haqida nutq o'stiruvchi savol-javob qilinadi.Sōngra ōquvchilardan ona tilimizni madh etubchi she'rlar sōraladi.
1-o'quvchi:
Yassaviy tumorim tilim
Navoiy nazmida sen orim tilim
Kumushning vaslida betakror malak
Qodiriydan qolgan yodgorim tilim
2-o'quvchi:
Martabang unutsang mayliga unut
Mansabing unutsang mayliga unut
Agar sen unutsang ona tilingni
Zaxarga aylansin onang bergan sut
3-o'quvchi:
Ona tilim onamdek aziz
Har bir so`zi shakarday laziz
Minnatdorman ushbu tilimdan
Uni sevdim jonu dilimdan.
4-o'quvchi:
Ota bo’lib, otlangan tilim,
Ona bo’lib shodlangan tilim
Bola bo’lib yodlangan tilim
Ona tilim

O`qituvchi:


Darhaqiqat , tilimizni asrang, uni kelgusi avlodlarga sog`omon etkazish bizning burchimizdir

Siz tilni asrangiz, har nedan ortiq


Yagona zaminni asragansimon ,
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.

Shuningdek, ona tili fanini chuqur o`rganishimiz kerak. Bugungi darsimizning shiori shunday:


Bilmaganni sōrab ōrgangan olim,


Orlanib sōramagan ōziga zolim.
Shundan keyin uy vazifasi tahlil qilinadi.
Darsning keyingi bosqichida ōquvchilar uch guruhga ajratiladi:
Boychechak, Binafsha, Lola

Dars davomida g'olib ōquvchilarga "Ofarin" kartochkalari berib boriladi.


Dastlab ōtilgan mavzular bōyicha "Zinama-zina" ōyini ōtkiziladi.Bunfa uchala guruhning oxirgi partadagi ōquvchilariga A , B , S harflari yozilgan doirachalar beriladi.Ōqituvchi test savollarini ōqiydi.Ōquvchilar ōzlari tōg'ri deb bilgan javobga tegishli harflari kōtaradi.Tōg'ri topgan ōquvchi doirachani sherigiga beradi.Topmagan ōquvchiniki ōzida qoladi.Qaysi guruh ōquvchilari birinchi bōlib birinchi partaga yetib kelib tugatishsa, shu guruh ōquvchilari g'olib bōladi
Musobaqani boshlashdan avval “illiqlantiruvchi mashq” ōtkizib olinadi.
Bu “Tonggi tilak”deb ataladi
O`qituvchi boshlab beradi.:
-O`quvchim Rayyona, bugungi darsda sen eng a`lochi o`quvchi sifatida tanilishingni tilayman.
2-o'quvchi:
Do`stim Hikmatillo, bugungi darsda faqat a`lo baho olishingni tilakdoshman
3-o'quvchi:
Assolomu alaykum olis yo`ldan , yaqin ko`ngildan tashrif buyurgan aziz mehmonlar! Sizlarga bugungi darsimizda yuqori kayfiyat hamroh bo`lishini , also zerikmasligingizni tilayman.
O`qituvchi:
Mana yuqori kayfiyat bilan asosiy maqsadga ham , yetib keldik.
Keyin "Aqliy hujum" ōyini ōtkiziladi.O'quvchilarga savollar ōqib eshittiriladi.Qaysi guruh tez va kōp javob bersa, ōsha guruh g'olib bōladi.



  1. Gapning markazi-

  2. Gapdagi bosh bo`laklar-

  3. Faqat kesimdan iborat gap-

  4. Birovlarning aynan berilgan gapi-

  5. Ikki kishining o`zaro suhbati-

  6. Fonetika qanday bo`lim-

  7. Til o`rta undoshi-

8. Bo`giz undoshi qaysi-
9.Og'zaki nutqning eng kichik birligi-
Keyin esa guruhlarga "Grammatik topishmoqlar" beriladi.
1. Bosh kelishikdagi so`z
Gapda bosh bo`lak o`zi (ega)

2.Biri turlanar, biri tuslanar (ot, fe`l)


3.Tugal mazmun bildirar


So`ngida nuqta bo`lar (darak gap)

4.Sening, noning, quvoning,


Shu so`zlar orasidan
Bizlarga fe`lni toping ( quvoning)

5.Ota-ona, oyu oftob


Qanday so`zlar javobin top ( juft )

6.Bir so`z yozilsa takror


Orasida ne darkor (chiziqcha)

7. Menda bor-u senda bor


Odamda bor olamda yo`q
Bu qaysi harf (n harfi)

8.Aytamiz-u, yozamiz


Ko`ramizu eshitamiz (harf)

Keyingi ōyin "Yangi sōz yasaymiz" deb nomlanadi. Bunda guruhlar ...il , ...ul , ...ol harf birikmalari oldiga bir undosh harf qōyib, yangi sōzlar hosil qiladilar. Masalan :


Bil, dil, zil, til, sil,qil ...
Qul, kul, pul, shul, yul ...
Bil, lol, mol, qil, xol, hol,pol ...

Eng kōp sōz yasagan guruh g'olib bōladi.


Shundan keyin ōquvchilarni mantiqiy fikrlashga undovchi "Oshiqchasini ajra ting" ōyini ōtkiziladi. Ōquvchilarga proyektor orqali quyidagilar kōrsatiladi.


1.Ōpka, og'iz, jigar, lablar, tishlar
2. Aniqlovchi, ravish, hol, kesim, ega
3. B , m , p , d , v , f

Guruhlar ōylab kōrib, ōzlariga tegishli qatordan "oshiqcha" birlikni ajratib, sababini ham aytishadi.


Darsning keyingi bosqichida "Maqol topish" ōyini ōtkiziladi. Guruhlarga ekran orqali faqat undosh harflarigina yozilgan maqollar kōrsatiladi.Ōquvchilar bōsh kataklarga unli harflari qōyib, maqolni topadilar.Masalan :


B_l_m. b_xt. k_lt_r_d_. (Bilim baxt keltiradi )

Shu o`rinda qiziqarli daqiqa o`tkaziladi. Loflardan namuna aytiladi.


-Do`stim bilasizmi , mening bobomning boshi osmonga tegib turar ekan-debdi Sodiq
-Do`stim o`sha bobongizni elkasiga bir nima tegib turmas ekanmi?-debdi Xoliq
-Ha, bobom aytgandi.
-O`sha narsa mening bobomning to`nlarini etaklari ekan.

Navbatdagi ōyin "Tezyurar poyezd" deb nomlanadi.Bunda ōquvchilar ōzlariga aytilgan sōzning sōnggi bōg'iniga sōz topadilar.


Masalan: oila, latifa,fabrika, Karima, mashina, namuna, nasiba ...
Qaysi guruh ōquvchilari tōxtab qolsa, ōsha guruh mag'lub bōladi.

Dars sōngida "Sardorlar bellashuvi" ōtkiziladi. Har uchala guruh sardorlari "Bir harfga sōz topish" ōyinida qatnashishadi.


Masalan: U harfi bilan boshlanadihan

1.Ism --- Umida


2.Adib --- Usmon Nosir
3.Ertak ---. "Ur tōqmoq"
4.Kinofilm ---. "Uzuklar hukmdori"
5.Joy Nomi ---. Urugvay
6.Hayvon yoki qush --- Ukki
7.Meva ---. Uzum

So`nggi soniyalarda "Ofarin" kartochkalar sonini aniqlab , g`olib guruh topiladi. Bahor fasli bo`lgani bois ōquvchilar quyidagi tartibda baholanadi :


quyosh - “5”- baho ramzi


gul- “4”- baho ramzi
barg- “3”- baho ramzi

O`quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatib baholanadi. G`olib guruh taqdirlanadi.


G'olib guruhga bag'ishlangan she'r
Sizga qarab aytayin,
Ofarin yigit-qizlar.
Ustozlar sabog'ini
Ho'p yaxshi uqibsizlar.

Yana ōqib ōrganib,


Ilm deb checking zahmat.
Sizni tarbiya qilgan,
Ota-onangizga rahmat.

Mag'lub guruhlarga she'r


Sizlarga esa yana,
Picha g'ayrat qiling deyman.
A'lo ōqish, odobda
Birinchi bōling deyman.

Bilimlarini jo aylang


Quloqqamas, yurakka.
Shunda siz aylanasiz
El uchun bir tirgakka.

O`qituvchi :


Bugun hammangiz darsimizda faol ishtirok etdingiz va ancha narsalarni o`rganib oldingiz. Bu daryodan tomchi degani, xolos. Har bir narsaning chegerasi bo`lgani kabi, darsimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizga rahmat.



Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling