Eskiz va uni bajarish. Texnik rasm. Ish chizmalari va uni o`qish. Yig`ma birlik chizmalari. Spetsifikatsiya tuzish


Download 27.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1551619
1   2
Bog'liq
8 23 (2)-2

Texnik rasm 
Texnik rasm loyihalash amaliyotida keng qo'llaniladi. Konstruktor o‘zining 
yangi fikrini yaqqol qilib ifodalash uchun dastawal uning rasmini chizishi va bunday 
rasmlar texnik rasm qonun-qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. 
Texnik rasm deb, detalning nisbatini ko‘z chamasida saqlagan holda 
chizmachilik asboblari ishlatilmay qo'lda bajarilgan aksonometrik tasvirga aytiladi. 
Buyumning chizmalarini o'qish jarayonida ham texnik rasmlardan 
foydalaniladi.
Buyum chizmasini tez va oson qiynalmay o'qish uning texnik rasmini chizsh 
orqali amalga oshiriladi. U orqali buyumning shaklini ko‘z oldiga keltirishga 
yordam beradi va fazoviy tasawurni rivojlantiradi. 
Detalning texnik rasmi ko‘pincha izometriya yoki frontal dimetriyada 
bajariladi. 
Texnik rasmni izometrik proyeksiya asosida bajarish. Oldin texnik rasm chizish 
uchun qo'lda, ko‘z bilan chamalab izometriya o‘qlarini o‘tkazish uchun yarim aylana 
chiziladi va uning yarimi teng uchga bo‘lib olinadi (2.5.3-chizma, a) va 1 hamda 2 
nuqtalar О bilan tutashtiriladi. Yoki О dan ikki tomanga beshtadan bir xil bo‘lak 
o‘lchab qo‘yiladi va oxirgi nuqtadan pastga uchtadan b o iak qo‘yilib, 1 va 2 nuqta 
О bilan birlashtiriladi (2.5.3 -chizma, b). 
2.5.3 -chizma 


Muntazam oltiburchakni chizish uchun x va у o‘qlari chizib olinadi va x o'qqa 
OA=OB, у o‘qqa OC=OD kesmalar olib o'tiladi, С va D lardan x ga parallel chizilib, 
ularga D1=D2 va C3=C4 masofalar olib o'tiladi. 
Aniqlangan nuqtalar o‘zaro tutshtiriladi (2.5.4 - chizma, a,b). 
2.5.4 - chizma 
Muntazam oltiburchakni proyeksiyasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri chizish uchun (2.5.5 
- chizma, a,b,c) x o‘qqa О dan ikki tomonga OK=OL=AK=BL, ya'ni ikkitadan bo'lak 
qo'yiladi. AK to‘rtga bo'linib ОТ masofa у o‘qqa ikki tomonlama olib o'tiladi. С va 
D lardan x o‘qqa parallel chizilib, К va L nuqtalardan у o‘qqa parallel o'tkazilgan 
shtrix chiziqlarda 1, 2 va 3, 4 nuqtalar belgilanadi (2.5.5 -chizm a, b). A va 1, A va 
3 nuqtalar hamda В va 2, В va 4 nuqtalar o'zaro tutshtiriladi (2.5.5 -chizma, c). 
2.5.5 -chizma 
Aylanani ellips ko‘rinishida chizish uchun o‘zaro perpendikulyar AB va CD 
chiziqlar chizladi va ularga О dan o ‘ng va chap tomonlariga beshtadan bir xil 
bo’laklar, О dan pastga va yuqoriga uchtadan bo'laklar qo‘yib chiziladi. 1 va 2 
nuqtadan D bilan tutashtirilib davomiga lC,=OC, 2A,=2A masofalar olib o‘tiladi va
A, A, , C| , С nuqtalar ravon tutashtiriladi. Shu tartibda ellipsning qolgan qismlari 
chiziladi (2.5.6 -chizm a, a). Ellipslami V va W da chizish bayon etilgan usulda 
bajariladi (2.5.6 -chizm a, b,c). 


2.5.6 -chizm 


Texnik rasmlarni millimetrlangan yoki kataklangan qog'ozga chizish ham 
mumkin. Shunda texnik rasmni chizish ancha osonlashadi. 
2. Texnik rasmni frontal dimetriya asosida bajarish. Bu yerda у o‘qni 45° burchak 
chizish uchun yarim aylana qo'lda, ko‘zda chamalab chizilgandan keyin uning 
yarimisi teng ikkiga bo‘lib olinadi hamda 1 nuqta О bilan tutashtiriladi. Shunda 
frontal dimetriya o'qlari hosil bo'ladi (2.5.8 -chizma, a). 
2.5.8 -chizma 
Aylana V da o‘z kattaligida, ya'ni aylanaligicha tasvirlanadi. Qolgan H va W 
lardan bir xil ko‘rinish va kattalikdagi qisiqroq elips ko'rinishida bajariladi. H da 
chizilishi lozim bo'lgan ellipsni bajarish 2.5.8 -chizma, b da ko'rsatilgan. z o ‘qqa 
nisbatan 7° burchakda ellipsning kichik o'qi o'tkazilib, unga perpendikulyar qilib 
katta o'qi o'tkaziladi. О dan kichik o'qqa bir bo'lagdan, katta o'qa 3 bo'laklardan bir 
xil kattalikdagi bo'laklar o'lchab qo'yiladi. 1 va 2 nuqtalar О bilan birlashtirilib, 
ularning davomiga 1C,=0C, 2Ai=2A masofalar olib o'tiladi hamda A, A,, C,,C shu 
tartibda bajariladi (2.5.6 —chizma,b). Bunday ellips W da ko'rsatilgan tartibda 
chiziladi. 
Detalning texnik rasmini frontal dimetriyada bajarilishi misol tariqasida 2.5.9 - 
chizmada berildi. Bu yerda z o'qi у o'qqa almashtirilgan. 
2.5.9 - chizma 


Tayanch so‘z: eskiz, loyiha, texnik rasm, yaqqol tasvir 
Takrorlash uchun savollar. 
1. E skiz deganda nim ani tushunasiz? 
2. T exnik rasm deganda nim ani tushunasiz? 
3. E skiz v a te x n ik rasm q anday tartib d a bajariladi? 
4. T e x n ik rasm d a yorug* v a soyalarning ajratish tartibi. 
5. T exnik rasm nim a m aqsadda bajariladi? 

Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling