Eskiz va uni bajarish. Texnik rasm. Ish chizmalari va uni o`qish. Yig`ma birlik chizmalari. Spetsifikatsiya tuzish
Download 27.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8 23 (2)-2
Texnik rasm
Texnik rasm loyihalash amaliyotida keng qo'llaniladi. Konstruktor o‘zining yangi fikrini yaqqol qilib ifodalash uchun dastawal uning rasmini chizishi va bunday rasmlar texnik rasm qonun-qoidalariga amal qilgan holda bajariladi. Texnik rasm deb, detalning nisbatini ko‘z chamasida saqlagan holda chizmachilik asboblari ishlatilmay qo'lda bajarilgan aksonometrik tasvirga aytiladi. Buyumning chizmalarini o'qish jarayonida ham texnik rasmlardan foydalaniladi. Buyum chizmasini tez va oson qiynalmay o'qish uning texnik rasmini chizsh orqali amalga oshiriladi. U orqali buyumning shaklini ko‘z oldiga keltirishga yordam beradi va fazoviy tasawurni rivojlantiradi. Detalning texnik rasmi ko‘pincha izometriya yoki frontal dimetriyada bajariladi. Texnik rasmni izometrik proyeksiya asosida bajarish. Oldin texnik rasm chizish uchun qo'lda, ko‘z bilan chamalab izometriya o‘qlarini o‘tkazish uchun yarim aylana chiziladi va uning yarimi teng uchga bo‘lib olinadi (2.5.3-chizma, a) va 1 hamda 2 nuqtalar О bilan tutashtiriladi. Yoki О dan ikki tomanga beshtadan bir xil bo‘lak o‘lchab qo‘yiladi va oxirgi nuqtadan pastga uchtadan b o iak qo‘yilib, 1 va 2 nuqta О bilan birlashtiriladi (2.5.3 -chizma, b). 2.5.3 -chizma Muntazam oltiburchakni chizish uchun x va у o‘qlari chizib olinadi va x o'qqa OA=OB, у o‘qqa OC=OD kesmalar olib o'tiladi, С va D lardan x ga parallel chizilib, ularga D1=D2 va C3=C4 masofalar olib o'tiladi. Aniqlangan nuqtalar o‘zaro tutshtiriladi (2.5.4 - chizma, a,b). 2.5.4 - chizma Muntazam oltiburchakni proyeksiyasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri chizish uchun (2.5.5 - chizma, a,b,c) x o‘qqa О dan ikki tomonga OK=OL=AK=BL, ya'ni ikkitadan bo'lak qo'yiladi. AK to‘rtga bo'linib ОТ masofa у o‘qqa ikki tomonlama olib o'tiladi. С va D lardan x o‘qqa parallel chizilib, К va L nuqtalardan у o‘qqa parallel o'tkazilgan shtrix chiziqlarda 1, 2 va 3, 4 nuqtalar belgilanadi (2.5.5 -chizm a, b). A va 1, A va 3 nuqtalar hamda В va 2, В va 4 nuqtalar o'zaro tutshtiriladi (2.5.5 -chizma, c). 2.5.5 -chizma Aylanani ellips ko‘rinishida chizish uchun o‘zaro perpendikulyar AB va CD chiziqlar chizladi va ularga О dan o ‘ng va chap tomonlariga beshtadan bir xil bo’laklar, О dan pastga va yuqoriga uchtadan bo'laklar qo‘yib chiziladi. 1 va 2 nuqtadan D bilan tutashtirilib davomiga lC,=OC, 2A,=2A masofalar olib o‘tiladi va A, A, , C| , С nuqtalar ravon tutashtiriladi. Shu tartibda ellipsning qolgan qismlari chiziladi (2.5.6 -chizm a, a). Ellipslami V va W da chizish bayon etilgan usulda bajariladi (2.5.6 -chizm a, b,c). 2.5.6 -chizm Texnik rasmlarni millimetrlangan yoki kataklangan qog'ozga chizish ham mumkin. Shunda texnik rasmni chizish ancha osonlashadi. 2. Texnik rasmni frontal dimetriya asosida bajarish. Bu yerda у o‘qni 45° burchak chizish uchun yarim aylana qo'lda, ko‘zda chamalab chizilgandan keyin uning yarimisi teng ikkiga bo‘lib olinadi hamda 1 nuqta О bilan tutashtiriladi. Shunda frontal dimetriya o'qlari hosil bo'ladi (2.5.8 -chizma, a). 2.5.8 -chizma Aylana V da o‘z kattaligida, ya'ni aylanaligicha tasvirlanadi. Qolgan H va W lardan bir xil ko‘rinish va kattalikdagi qisiqroq elips ko'rinishida bajariladi. H da chizilishi lozim bo'lgan ellipsni bajarish 2.5.8 -chizma, b da ko'rsatilgan. z o ‘qqa nisbatan 7° burchakda ellipsning kichik o'qi o'tkazilib, unga perpendikulyar qilib katta o'qi o'tkaziladi. О dan kichik o'qqa bir bo'lagdan, katta o'qa 3 bo'laklardan bir xil kattalikdagi bo'laklar o'lchab qo'yiladi. 1 va 2 nuqtalar О bilan birlashtirilib, ularning davomiga 1C,=0C, 2Ai=2A masofalar olib o'tiladi hamda A, A,, C,,C shu tartibda bajariladi (2.5.6 —chizma,b). Bunday ellips W da ko'rsatilgan tartibda chiziladi. Detalning texnik rasmini frontal dimetriyada bajarilishi misol tariqasida 2.5.9 - chizmada berildi. Bu yerda z o'qi у o'qqa almashtirilgan. 2.5.9 - chizma Tayanch so‘z: eskiz, loyiha, texnik rasm, yaqqol tasvir Takrorlash uchun savollar. 1. E skiz deganda nim ani tushunasiz? 2. T exnik rasm deganda nim ani tushunasiz? 3. E skiz v a te x n ik rasm q anday tartib d a bajariladi? 4. T e x n ik rasm d a yorug* v a soyalarning ajratish tartibi. 5. T exnik rasm nim a m aqsadda bajariladi? Download 27.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling