5 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: AND, OR, NOT mantiqiy standart so‘zlardan foydalanish
Ishdan maqsad: Talabalarda AND, OR, NOT mantiqiy stanndart so‘zlardan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo’yilishi: AND, OR, NOT, IN, BETWEEN, LIKE operatoridan foydalanib avvalgi mashg’ulotlarda yaratilgan jadvallar ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar:SQL tilida shart ifodalarini tuzish uchun solishtirish va mantiqiy operatorlardan tashqari yana bir qator maxsus operatorlar qo‘llaniladi. Bu operatorlar dasturlash tillarida mavjud emas. Bu operatolar:
5.1-jadval. WHERE buyrug`i bilan ishlovchi operatorlar
Misol: Imtihonlarda kamida bitta 2 yoki 3 baho olgan talabalarni identifikatorini tanlab chiqarish so`rovi.
SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark IN (2,3)
BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin:
SELECT id_st, mark
FROM mark_st
WHERE mark BETWEEN 2 AND 3
Birorta xam 2, 3 olmagan talaba haqidagi ma’lumotlar olish uchun NOT IN yoki NOT BETWEEN ishlatiladi.
Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish.
Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi:
_ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi;
% (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |