Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish


Download 0.85 Mb.
bet21/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

104-modda. So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish
So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari faqat uning hozirgi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda o‘qib eshittirilishi mumkin:
1) hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda;
2) so‘roq qilinuvchi sudda ko‘rsatuv berishdan bosh tortganda;
3) ish so‘roq qilinuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilayotganda.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi birinchi xatboshisi.
105-modda. So‘roq qilinuvchiga narsalar va hujjatlarni ko‘rsatish
So‘roq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qo‘shib qo‘yilgan yoki taraflar ixtiyorida bo‘lgan narsalar va hujjatlarni so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni o‘qib eshittirishlari mumkin.
So‘roq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat ko‘rsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan o‘qib eshittirilganligi, narsa yoki hujjatni ko‘rsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban so‘roq qilinuvchi qanday ko‘rsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak.
106-modda. So‘roq jarayoni va natijalarini qayd qilish
So‘roq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida so‘roq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
So‘roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha so‘zma-so‘z yozib boriladi. Savol-javob so‘roq jarayonida qanday olib borilgan bo‘lsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek so‘roq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.
Bayonnomada bundan tashqari, so‘roq qilinuvchi tomonidan avvalgi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlarning o‘qib eshittirilgani, ko‘rsatuv berish jarayonida so‘roq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, so‘roq qilinuvchiga so‘roq davomida narsa va hujjatlar ko‘rsatilgani, so‘roq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish o‘tkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.
So‘roq tugaganidan keyin bayonnoma o‘qib chiqish uchun so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatiladi yoxud uning iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga o‘qib beriladi.
So‘roq qilinuvchi ko‘rsatuvni o‘z qo‘li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. O‘z qo‘li bilan yozilgan ko‘rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
So‘roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko‘ra sud majlisida bayonnomaga imzo qo‘yilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma o‘rtasida jiddiy tafovut bo‘lgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan so‘roq qilinishi mumkin.
So‘roq qilinuvchi bayonnomani o‘qib bo‘lgach, ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qo‘yiladi, basharti ko‘rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo‘lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.
So‘roq qilishda tarjimon qatnashayotgan bo‘lsa, u so‘roq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi ko‘rsatuvini unga og‘zaki tarjima qiladi, so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon ko‘rsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling