Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet23/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

110-modda. So‘roq qilish muddatlari
Surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so‘roq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay, so‘roq qilinishi kerak.
Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko‘rsatuv berish huquqi sudya tomonidan ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o‘tkazilayotgan paytda ko‘rsatuv berish to‘g‘risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.
111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldingi harakatlar
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.
Shundan so‘ng surishtiruvchi, tergovchi:
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo‘lsa, boshqa himoyachining so‘roqda ishtirok etishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 49-moddasi.
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini e’lon qiladi;
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi to‘g‘risidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 361-moddasi.
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin u o‘zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o‘z aybini to‘la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab o‘tilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so‘roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling