Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Guvohlantirishni o‘tkazish tartibi


Download 0.85 Mb.
bet31/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

146-modda. Guvohlantirishni o‘tkazish tartibi
Guvohlantirishni o‘tkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga e’lon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim.
Shaxsni yechintirib yalang‘ochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin.
Shaxsni yechintirib yalang‘ochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 142-moddasining 2-bandi.
147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi
Guvohlantirish o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o‘tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan so‘ng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90 — 92-moddalari.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling