29.Гувоҳлантириш тергов ҳаракатини ўтказиш учун асослари ҳамда уни ўтказиш тартибини баён қилинг.
142-modda. Guvohlantirish uchun asoslar
Guvohlantirish:
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tug‘ilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lmasa;
2) ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 24-bandi ikkinchi xatboshisi (28.08.2011-y., № 2259).
143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin.
144-modda. Guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g‘ayritabiiy fiziologik holati to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, guvohlantirishni o‘tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda o‘tkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yoki sudning shu to‘g‘ridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga nisbatan majburiydir.
Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30-bobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |